Samsung Galaxy S10 bir yo‘la uchta versiyada chiqadi

  •   Saroy
  •  1845
  •  07.07.2018 13:55

Samsung Galaxy S10 bir yo‘la uchta versiyada chiqadi

Janubi Koreyaning  The Bell nashri yozishicha,  Samsung Galaxy S10 flagman versiyalari bir yo‘la uchta modelda namoyish etiladi. (Note-versini qo‘shmaganda, albatta, chunki bu haqda gapirishga hali erta). Bazaviy va Plus-variantlaridan tashqari, kompaniya nihoyat, soddalashtirilgan tavsifga ega,  arzon flagmanlar versiyasini ham chiqaradigan bo‘ldi.

Galaxy S10

Bazaviy «o‘nlik» standartli 5,8-dyuymli, chekkasi qayrilgan ekran va qo‘sh kamera bilan ta’minlanadi. Galaxy S10 Plus 6,44-dyuymli displey va uchtalik kameraga ega. Agar ushbu ma’lumot tasdiqlansa, u  Samsung kompaniyasining uch kamerali ilk modeli bo‘ladi. Bundan tashqari, ikkala flagman ham ekran ostida barmoq izlari skaneri bilan jihozlanishi kerak. Shu vaqtgacha bunday smartfon Samsung’da yo‘q edi.

Qurilmaning arzon varianti esa chekkasi qayrilmagan, 5-dyuymli, bir kamerali ekran bilan ta’minlanadi. Kutilishicha, ushbu qurilma kompaniyaning barmoq izlari skaneri yonbosh qirrada joylashgan ilk smartfoni hisoblanar ekan. Skanerni  Qualcomm yetkazib beradi. Shuningdek, Galaxy S10 Plus’dagi uchtalik kameraning asosiy sensori 12 Mp bo‘ladi.

Tarqalgan xabarlarga qaraganda, o‘ninchi avlod flagmanlari kelasi yilning fevral oyida Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2019 ko‘rgazmasida omma e’tiboriga taqdim etiladi yoki alohida taqdimot tadbiri ham o‘tkazilishi mumkin.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!