Samsung Galaxy S10: uzoq kutilgan funksiyasining qanday ishlashi ma’lum bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1949
  •  31.07.2018 12:00

Samsung Galaxy S10:   uzoq kutilgan funksiyasining qanday ishlashi ma’lum bo‘ldi

Samsung’ning yangi patentida ultratovushli barmoq izlari skaneri batafsil tanishtirilgan. Uzun-quloq gaplarga qaraganda, ishlab chiqaruvchi ushbu qurilmani yaqinda namoyish etilishi rejalashtirilayotgan Galaxy S10 lineykasining uchta smartfonidan ikkitasiga o‘rnatadi.

Qurilmaning yana bir ma’lum bo‘lgan jihati, ushbu datchik chipini nafaqat shisha tagiga, balki yon tarafiga ham joylashtirish imkoniyati bor. Bu yaqinda tarqalgan Galaxy S10 Lite  yassi dipleyli va “yonbosh” skanerli bo‘ladi, degan gap-so‘zlar bekorga emasligini tasdiqlaydi.

O‘QING:Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy Note 9 buyurtmachilarga Samsung Smart TV sovg‘a!

Samsung ichki barmoq izlari skanerini o‘rnatishni rejalashtirib, lekin hali hayotga joriy qila olmaganidan keyin,   Note9, S10 modellari Samsung‘ ning ushbu texnologiya bilan ta’minlangan ilk smartfoniga aylansa kerak. Bunday qurilmalari bilan shu vaqtgacha faqat Xitoy ishlab chiqaruvchilari maqtana olardi.

Agarda ushbu texnologiya muvaffaqiyatli amalga oshirilsa,  u kelajak smartfonlarining asosiy tavsiflarini belgilab beradigan jihatlarning biriga aylanadi. Shunday ekan,  xaqiqatga tik qaraylik: Yuzni 3D-skanirlashni amaliyotda eng qulay va xavfsiz deyish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi.

O‘QING:Samsung Gear Fit 2 Pro: sportga oshno etuvchi brasletni xarid qilish uchun 5 sabab

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!