Samsung Galaxy S11 qaysi chipda ishlaydi?

Samsung Galaxy S11 qaysi chipda ishlaydi?

2019-yilgi flagmanlar chiqib bo‘ldi. Endi bor e’tibor 2020-yilgi premium smartfonlarga qaratilmoqda. Xuddi shunday, Galaxy S11 haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lishda davom etayotir. 

O‘tkazib yuborganlar bo‘lsa, eslatib o‘tamiz: S11 oilasi, bozoriga qarab, Snapdragon 865 yoki Exynos 9830 chipida ishlaydi. An’anadan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, Snapdragon'li S11 Xitoy uchun, Exynos'lilar esa AQSh va boshqa davlatlar uchun ishlab chiqariladi.

One UI 2.0 betada keltirib o‘tilgan kodlar ro‘yxatida keyingi yilgi smartfonda pop-ap selfi kamera bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan chiqdi, Samsung Galaxy S11'da tiriqish kamera dizayni saqlab qolinishi mumkin. 

Bu koddan yana shuni bilish mumkinki, smartfon LPDDR5 standartidagi operativ xotira, UFS 3.0 standartli doimiy xotira va 5G'ga ega bo‘ladi. Lekin lineykadagi qurilmalarning barchasi 5G'da ishlaydimi yoki 5G versiya alohida bo‘ladimi-yo‘qmi, bu haqda ma’lumot mavjud emas.

O‘QING: Samsung Galaxy S11 haqidagi navbatdagi ma’lumot bilan tanishing