Navbatdagi Samsung smartfoni Geekbench'da sinovdan o‘tdi

Navbatdagi Samsung smartfoni Geekbench'da sinovdan o‘tdi

Yaqinda Samsung kompaniyasi Galaxy S20 FE 4G smartfonini taqdim qilishni rejalayotgani haqida xabar bergan edik. Endi esa ushbu qurilma Geekbench sinovida imtihondan o‘tdi.

NBTC tomonidan sertifikatlangan SM-G780G/DS qurilmasi Galaxy S20 FE bo‘lib, faqat 4G aloqasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Qurilma Snapdragon 865 chipsetida ishlab, 6GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi. 

Benchmark smartfonga yakka yadro sinovida 893, ko‘p yadro sinovida esa 3094 ball bergan.

Samsung'ning saytida ko‘rsatilishicha, qurilma quyidagi davlatlarda sotuvga chiqadi:

Avstriya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Gollandiya, Belgiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Portugaliya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiya, Shveytsariya, Polsha, Vengriya, Gretsiya, Rossiya, Qozog‘iston, Vetnam, Malayziya, Filippin, Peru, Argentina, Urugvay va boshqalar.

O‘QING: Baquvvat batareya va kuchli Qualcomm chipli Galaxy M42 5G benchmarkda qo‘lga tushdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!