Samsung Galaxy S23'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy S23'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Dunyodagi eng yaxshi kichik smartfonlardan biri bo‘lgan gadjet yanada takomillashdi - Galaxy S23 endi yanada tez, yanada mustahkam va yanada samarador ko‘rsatkichlarni taklif etadi. Smartfon kichik, yengil va juda jozibador. U katta ehtimol bilan kichik smartfonlar segmentida eng ommabop qurilmaga aylanadi. 

S23 modelining dizayni biroz o‘zgardi. Orqa paneldagi kamerani birlashtirib turuvchi modul endi yo‘q. U yerdagi uch kamera endi alohida kamera bo‘lib ajralib turadi. Shuningdek, orqa va old panel yanada mustahkamdoq bo‘lgan Gorilla Glass Victus 2 oynasi bilan himoyalangan. 

Smartfon 1080p rezolyutsiyadagi 6.1 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, u 120 gers chastotada ishlaydi. Maksimal yorqinlik darajasi 1300 nitdan 1750 nitga oshdi. 

Anchadan buyon Samsung o‘zining S flagmanlarni hududga qarab Exynos va Snapdragon chiplari bilan jihozlar edi. Bu an’anaga bu yil barham berildi. Aniqroq qilib aytganda, qaysi hududga mo‘ljallanganligidan qat’iy nazar barcha S23 modellari Snapdragon chipiga ega bo‘ldi. 

Yana bir quvonarli tomoni, Snapdragon 8 Gen2 chipi S23 seriyasi uchun moslashtirildi. Endi chipning CPU va GPU qismlarining unumdorlik darajasi oshdi. O‘z navbatida yangi modellari yangi avlod xotira chiplariga ega bo‘ldi. 

Orqa paneldagi kameralar texnik ko‘rsatkich bo‘yicha hech qanday o‘zgarishga uchramagan. U yerdan 50MP asosiy, 3x zumli 10MP telefoto hamda 12MP ultrakeng kamera o‘rin olgan. Old paneldagi 12MP kamera endi Super HDR funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, unda hamon 4K formatda videoga olish imkoniyati mavjud. 

Akkumulyator sig‘imi 200 mAs ga oshdi - 3,900 mAs. Quvvatlash tezligida o‘zgarish yo‘q - 25 vatt. Qurilma simsiz quvvatlanish va o‘zidan quvvat berish imkoniyatlariga ega. 

Qisqa qilib aytganda, yorqinroq displey va kattaroq sig‘imli akkumulyatorga ega S23'ni eski S22 modelining tezkor versiyasi deyish mumkin.  

Samsung Galaxy S23'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 146.3x70.9x7.6mm, 168g; old panel (Gorilla Glass Victus 2), orqa panel (Gorilla Glass Victus 2), alyuminiy korpus; IP68.

> Displey: 6.10 dyuymli Dynamic AMOLED 2X, 120 gers, HDR10+, 1750 nits (maksimal), 1080x2340 piksel rezolyutsiya, 19.5:9 forma faktori, 422ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8550-AC Snapdragon 8 Gen 2 (4 nm): Sakkiz yadroli (1x3.36 GHz Cortex-X3 & 2x2.8 GHz Cortex-A715 & 2x2.8 GHz Cortex-A710 & 3x2.0 GHz Cortex-A510); Adreno 740.

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 8/512GB; UFS 3.1 ( faqat 128GB xotira uchun); UFS 4.0.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 13, One UI 5.1.

> Kamera: Asosiy kamera: 50 MP, f/1.8, 24mm, 1/1.56“, 1.0µm, qo‘sh piksel PDAF, OIS; Telefoto kamera: 10 MP, f/2.4, 70mm, 1/3.94“, 1.0µm, PDAF, OIS, 3x optik zum; Ultrakeng kamera: 12 MP, f/2.2, 13mm, 120˚, 1/2.55“ 1.4µm, Super Steady video.

> Selfi kamera: 12 MP, f/2.2, 26mm (keng), qo‘sh piksel PDAF.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 8K@24/30fps, 4K@30/60fps, 1080p@30/60/240fps, 720p@960fps, HDR10+, stereo ovoz yozish, gyro-IES; Selfi kamera: 4K@30/60fps, 1080p@30fps.

> Akkumulyator: 3,900 mAs; 25 vatt quvvatlash texnologiyasi, 50% - 30 daqiqada (reklamaga ko‘ra), simsiz quvvlanish imkoniyati, 4.5 vatt o‘zidan quvvat berish imkoniyati. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran soatida, ultra tovushli), NFC, stereo dinamik, Samsung DeX. 

Xulosa qilib aytganda, yangi S23 modelini S22 bilan taqqoslaganda undagi kichik o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin. Eng katta o‘zgarish Snapdragon 8 Gen2 chipi bo‘lsa, kichik o‘zgarishlarga ekranning yorqinlik darajasini oshgani hamda akkumulyator sig‘imini oshganini misol qilib ko‘rsatish mumkin. 

Qadoq tarkibi

Smartfon ingichka qutida keladi. Uning ichida smartfondan tashqari, USB-C kabeli va SIM-karta ignasi bo‘ladi xolos. Quvvlash adapterini qo‘shimcha mablag‘ evaziga sotib olish kerak bo‘ladi.

O‘QING: Samsung va BMW ishqibozlari uchun yangi smartfon taqdim etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!