Samsung Galaxy S5 mini Android Marshmallow’ga yangilanmoqda

Samsung Galaxy S5 mini Android Marshmallow’ga yangilanmoqda

Janubiy Koreya kompaniyasining 2014 yilda chiqarilgan S seriyasidagi flagmanining mini versiyasi – Samsung Galaxy S5 mini modeli Android Marshmallow dasturiga yangilanishni boshladi. Sirasini aytganda, mazkur smartfon foydalanuvchilari bunday yangilikni kutishmagan edi.

Samsung Galaxy S5 mini uchun eng yirik dasturiy yangilanish – Android 5.1.1 Lollipop o‘tgan yili chiqarilgan. Shunday bo‘lsa-da ishlab chiqaruvchi va’dasini bajargan holda ushbu model uchun Android Marshmallow versiyasini chiqarishga qaror qildi. Yangi Android versiya birinchi bo‘lib rossiyalik foydalanuvchilar uchun yuborildi. Demak, Markaziy Osiyo mamlakatlarida yashaydigan Galaxy S5 mini foydalanuvchilari ham Android Marshmallow versiyasiga tez orada smartfonlarini yangilashlari mumkin.

Hozircha Android Marshmallow versiyasi faqat ikkita SIM-kartali SM-G800H modeli uchun chiqarilgan. Yangilanish fayli taxminan 800 MB atrofida. Android Marshmallow dasturi orqali mazkur model egalari turli yangi funksiyalardan foydalanishlari mumkin. Smartfon interfeysi boshqacha dizaynga ega bo‘ladi, dasturiy ta’minot himoyasi bir qadar kuchaytiriladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.