Samsung Galaxy S6 va S6 Edge uchun Android 7.0 versiyasini tayyorlashni boshladi

Samsung Galaxy S6 va S6 Edge uchun Android 7.0 versiyasini tayyorlashni boshladi

Kecha Sammobile saytida keltirilgan xabarga ko‘ra, Samsung Electronics  kompaniyasi Galaxy S6 va S6 Edge uchun Android 7.0 Nougat dastur versiyasini tayyorlashni boshlab yuborgan. Ayni paytda Galaxy S7 va S7 Edge uchun ishlab chiqilgan mazkur dastur versiyasi beta-sinovlardan o‘tkazilmoqda.

Garchi resurs Galaxy S6 va S6 Edge qurilmalariga mo‘ljallangan Android 7.0 dasturining proshivka raqamini (XXS5DPK7) e’lon qilgan bo‘lsa-da, biroq so‘nggi tayyor versiyaning raqami bundan farqlanishi ehtimoldan xoli emas. Dasturni tayyorlash endigina boshlangan, u hali bir necha bosqichli sifat tekshiruvlari va sinovlaridan o‘tkaziladi.

Android 7.0 Galaxy S6 va S6 Edge flagmanlariga bir qator yangi funksiyalarni olib keladi. Kelgusida mazkur yangiliklar to‘g‘risida batafsil yozishga harakat qilamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!