Samsung Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge chiqishi bilanoq 5 milliontasini sotmoqchi

Samsung Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge chiqishi bilanoq 5 milliontasini sotmoqchi

Samsung kompaniyasi o‘zining yangi top smartfoni –  Galaxy S7`ga katta miqdorda talab bo‘lishini hisob-kitob qilmoqda. Bu haqda Electronic Times manbasi xabar bermoqda.

Nashrning kompaniyaga yaqin axborot manbasiga asoslanib ma’lum qilishicha, smartfonlar namoyishi 2016 yilning fevralida bo‘lib o‘tadi, dastlabki partiya esa 5 million dona gadjetni o‘z ichiga oladi. Ular 5,2 dyuymli yassi ekranga ega Galaxy S7 va 5,5 dyuymli egilgan displey bilan ta’minlangan Galaxy S7 Edge`dan iborat bo‘ladi.

Xususan, smartfonlar namoyishi vaqtiga Samsung 3,3 mln dona Galaxy S7 hamda 1,6 mln.ta Galaxy S7 Edge`ni tayyorlamoqda. Boshqa so‘z bilan aytganda, koreyslar yassi ekranli Samsung Galaxy S7 o‘zining egilgan ekranli “tengdosh”idan ikki barobar ko‘proq sotilishini hisoblab chiqqan.

Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge rang skaneriga ega bo‘lib, bozorda 8 yadroli Samsung Exynos 8890 va Snapdragon 820 chiplari (hududiga qarab) bilan paydo bo‘ladi. Smartfonlar ESS Technology kompaniyasining ovoz sifatini oshirib beradigan Sabre 9018AQ2M audiochiplari, 4 GB operativ xotira, tasvirlarni optik barqarorlashtiruvchi 20 megapikselli kamera, xotira kartalari uchun microSD sloti va USB-C ulanish porti bilan ta’minlanadi.

Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S7 va 22-25 fevral kunlari Barselonada taqdim etiladi. Ayrim manbalar smartfonlarning 700 dollardan sotilishi to‘g‘risida xabar bergan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!