Samsung Galaxy S8 barmoq izini displeyda taniydigan birinchi flagman bo‘lishi mumkin

Samsung Galaxy S8 barmoq izini displeyda taniydigan birinchi flagman bo‘lishi mumkin

Xitoyning Weibo resursida anonsi keyingi yilning birinchi choragida kutilayotgan Samsung Galaxy S8 haqida qo‘shimcha tafsilotlar paydo bo‘ldi. Sammobile saytining tarmoqqa tayanib ma’lum qilishicha, Janubiy Koreyalik gigantning navbatdagi flagmani to‘rt tarafdan qayrilma ekranga ega bo‘lib, barmoq izi skaneri bevosita ekranning o‘ziga joylanishi mumkin.

Bundan avvalroq ham Samsung barmoq izi skanerini displeyga integratsiyalashi haqida turli xabarlar tarqalgan edi. Optik barmoq izi skaneri barmoq bevosita ekranga qo‘yilganda ishlaydi. Hozircha bunday texnologiya hali bironta smartfonda qo‘llanmagan.

Tarmoqda oldinroq paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S8 5,5 dyuymli Ultra HD (3840 x 2160 piksel) aniqligidagi Super AMOLED ekran, VR rejim, 10 nanometrli Qualcomm Snapdragon 830 va Exynos 8895 protsessorlari, 6 yoki 8 GB operativ xotiraga ega bo‘lishi kutilmoqda. Super flagmanning taqdimoti 26 fevralda o‘tkazilishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.