Samsung Galaxy S8’ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy S8’ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy S8+ texnik jihatlari ma’lum bo‘ldm

Amerikalik taniqli jurnalist, turli ma’lumotlarni avvaldan oshkor qilishda ma’lum va mashhur tahlilchi Evan Nelson Blass (Evan Nelson Blass) o‘zining tvitterdagi sahifasida Samsung Electronics’ning Galaxy S8+ flagmaniga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

Suratda ko‘rib turganingizdek, Samsung Galaxy S8+ smartfoni aloqaning 4G/LTE tarmog‘ida ishlaydi. Uning ekrani 6,2 dyuymli bo‘lib, Super AMOLED matritsali displeyga ega bo‘ladi. Ekran atrofi qayrilma shaklda bo‘lib, uning piksellar sig‘imi Quad HD+ bo‘ladi.

Samsung Galaxy S8+ devaysidagi bosh kamera 2 ta 12 MP sig‘imli Dual Pixel funksiyasi o‘rnatilgan ob’yektivlardan iborat. Old kamera esa 8 MP. Smartfon korpusi chang va suv ta’siriga bardoshli (IP68 sertifikati) bo‘ladi. Old paneldagi kamera ko‘zning rangdor pardasini skaner qilishga mo‘ljallangan biometrik identifikatsiya tizimi bilan ta’minlanadi.

Samsung Galaxy S8+ Snapdragon 835 (2,45 GGs chastota tezligida ishlaydigan 8 ta yadroli Kryo 280, Adreno 540 videokarta va X16 LTE modemi).  Gadjet 4 Gb tezkor xotira, 64 Gb doimiy ichki xotiraga va microSD xotirani kengaytirish tizimiga ega bo‘ladi. Smartfonni simsiz quvvatlash va AKG kompaniyasining simsiz audio quloqchinlari orqali musiqa tinglash mumkin bo‘ladi. Unda xavfsizlikni ta’minlaydigan, elektron to‘lovni amalga oshirish umkin bo‘lgan tizimlar o‘rnatiladi.

Smartfon joriy yilning 29 mart kuni bir vaqtning o‘zida AQSh va Yevropada taqdim etiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!