Samsung Galaxy S9’ni ilk «jonli» suratlarda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  2684
  •  22.02.2018 10:54

Samsung Galaxy S9’ni ilk «jonli» suratlarda ko‘ring!

Har yili Samsung Galaxy smartfonlarining taqdimoti arafasida uning jihatlari haqidagi ma’lumotlar hamda rasmiy fotosurati paydo bo‘ladi. Lekin bundan ham avvalroq internetda ularning «jonli» rasmlari tarqaladi. Bu yil ham xuddi shu holat takrorlanmoqda.

O‘QING: Galaxy S9 hamda S9+’ning barcha tafsilotlari, yangi suratlari va videosi bittada!

Kechagina internet kengliklarida Samsung Galaxy S9 smartfonining birinchi haqiqiy rasmi paydo bo‘ldi. Manbaning xabar berishicha, bu suratlar yangi gadjetlar taqdimotiga bag‘ishlangan yopiq tadbirda tushirib olingan.

Ko‘rib turganingizdek, fotosuratlardagi smartfon biz uchun yangilik emas – u shu paytgacha tarqalgan render-suratlardagisi bilan bir xil. Ammo bu yerda shu ma’lumotning «sizib chiqqani», shuningdek, qurilma chindan ham reklama materiallaridagi bilan aynan bir xil ekanligi muhim.

Avval xabar berganimizdek, janubiy koreyalik texnogigant o‘zining Galaxy S9 hamda S9+ flagmanlarini 25 fevralga belgilangan anjumanda rasman taqdim etadi. Smartfonlar uchun oldindan buyurtma berish 28 fevraldan boshlanishi, Samsung Galaxy S9 modelini yetkazib berish esa 16 martdan boshlanishi aytilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy S9 va S9+ narxlari «chaqib oladigan» bo‘ladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.