Samsung Galaxy S9 va S9+ narxlari «chaqib oladigan» bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  17036
  •  19.02.2018 17:09

Samsung Galaxy S9 va S9+ narxlari «chaqib oladigan» bo‘ladi

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining Galaxy S9 hamda S9+ smartfonlarini 25 fevral kuni namoyish etishni rejalashtirganidan xabaringiz bor. Keyingi paytlarda tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, bu ikki model Samsung tarixidagi eng qimmat telefonlar bo‘ladi.

O‘QING: Samsung Galaxy S9'ning rasmiy reklama roliklari e’lon qilindi

Taniqli insayder Roland Kuandt (Roland Quandt) ham o‘zining Twitter-sahifasida mazkur ma’lumotni tasdiqladi. U ushbu gadjetlar Norvegiyada qanday narxda sotilishini ma’lum qilgan.

Roland Kuandt ta’kidlashiga ko‘ra, 64 GB flesh-xotirali Galaxy S9 Norvegiyada taxminan 1130 AQSh dollari narxida sotuvga chiqariladi. Shu tariqa, u Galaxy S8’ning sotila boshlagan paytidagi bahosidan 155 dollarga qimmat bo‘ladi.

O‘QING: Ikkita iPhone X narxidagi Samsung W2018: qo‘sh ekranli premium «raskladushka» rasman taqdim etildi (+video)

Ta’kidlash kerakki, Skandinaviya mamlakatlarida smartfonlar narxlari Yevropaning qolgan joylaridagiga nisbatan birmuncha yuqori. Yevropada esa narxlar AQShdagidan balandroq. Agarda Galaxy S8 modeli dastlab 750 dollardan savdoga chiqarilgani hamda har bir yangi avlod flagmani oldingisidan taxminan 15 foizga qimmatroq bo‘lib kelayotganini inobatga olsak, Samsung Galaxy S9 narxi taxminan 850 dollar bo‘lishi taxmin qilinayotgan edi.

64 GB flesh-xotirali Galaxy S9+ modelining Norvegiyadagi narxi esa, insayderga ko‘ra, 1260 dollar atrofida bo‘ladi. Galaxy S8+ bilan solishtirganda, uning qiymati 130 dollarga oshgan.

O‘QING: Eng qimmatbaho 20ta smartfon narxlari (2018 yil 27 yanvar)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!