Samsung Galaxy smartfonlari akkumulyatorlarini qanday quvvatlantirsak to‘g‘ri bo‘ladi?

  •   Saroy
  •  7051
  •  11.05.2018 15:24

Samsung Galaxy smartfonlari akkumulyatorlarini qanday quvvatlantirsak to‘g‘ri bo‘ladi?

Mobil qurilmalar uchun ishlatiladigan zamonaviy akkumulyatorlar o‘zining ishonchliligi va unumdorligi bilan avvalgilaridan farq qiladi, shu bois ularning bizga ma’lum bo‘lgan muammolari hozirda unchalik dolzarb bo‘lmay qo‘ydi. Shunga qaramay, mazkur sohada bilimimizni oshirib borish ortiqchalik qilmaydi. Bu gal Samsung Galaxy smartfonlarni to‘g‘ri quvvatlantirish haqida so‘z boradi.

Bu borada qandaydir maxsus yo‘riqnoma yo‘q, chunki bunga zarurat ham yo‘q.Birinchidan  telefonni qachon va qayerda quvvatlantirsam bo‘ladi deb, hovliqmang. Shunchaki  telefon yoki planshetingizni quvvatlanish adapteriga ulang va bo‘ldi.Faqat bir narsani unutmang, gadjetni yopib qo‘ymang, chunki qizib ketsa batareya zaxirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ikkinchidan, begona quvvatlantiruvchidan foydalanib bo‘lmaydi. Arzon va noma’lum ishlab chiqaruvchilarning  adapterdan (zaryadka) ehtiyot bo‘ling. Nufuzli brendlarning zaryadkalaridan foydalaning. Agar smartfon  tez quvvatlansa demak, quvvatlantirgich qurilma ham shu funksiya bajarishi mumkin.

Maslahatimiz

Telefonni har gal  0 foizdan  100 foizgacha quvvatlantirasiz, uning akkumulyatori ko‘pi bilan  500   siklga ega, keyin o‘z sig‘imining katta qismini yo‘qoadi. Shunday ekan, batareyaning zaxirasini qanday oshirishimiz mumkin? Bir nechta maslahatimiz bor:

Telefonni har doim quvvatlantirib turing. Telefoningizni quvvati tugab o‘chib qolishiga yo‘l qo‘ymang, shuningdek, uni 100 foiz quvvatlantirish va uzoq ushlab turish maqsadga muvofiq emas.  

Quvvatni imkon qadar 10-80 foiz oralig‘ida ushlang, ya’ni – 10 foizga tushib ulgurmasidan zaryadkaga qo‘ying va 80 foizga yetmasidan turib ajratingyu Shunda akkumulyatoringizning umrini ikki barobarga oshirasiz.

Telefonni tun bo‘yicha zaryadkada qoldirmang, shuningdek, akkumulyator haddan ortiq qizib ketishiga yo‘l qo‘ymang.

Samsung smartfonlari uchun tez quvvat olish zararlimi?

Tez quvvatlantirish texnologiyasining birinchi versiyasi haqiqatan ham akkumulyatorning sig‘imiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunga sabab quvvat olish jarayoni telefon yetarlicha qizib olgan.  Zamonaviy ishlanmalar avvalgilariga qaraganda anchayin samarali hisoblanadi, unki tez quvvat oladi va uncha qizib ketmaydi.

Albatta ushbu texnologiyaga haliham ishonmaysizmi, u holda, biror yoqqa shoshmayotgan bo‘lsangiz  zaryadkani tezda o‘chiring. Smartfon ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi bunga ruxsat beradi. Yaxshisi, tez quvvatlamaydigan, lekin sifatli quvvat adapteridan foydalaning, to‘g‘ri sekin, ishonchli quvvat oladi.

Smartfonning yangi akkumulyatorini qanday quvvatlantirsak to‘g‘ri bo‘ladi?

Ko‘pchilik “mutaxassislar”  yangi akkumulyatorni telefonni qo‘shib qo‘ygan holatida qariyb bir kun quvvatlantirib qo‘yish kerak, deb maslahat berishadi. Shuni eslatmoqchimizki, bu maslahatlar Li-Ion turidagi zamonaviy batareyalarga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular “effekt pamyati” va boshqa kamchiliklardan xoli.

Shunday qilib, yangi akkumulyatorni nima qilish mumkin, demoqsimisiz? Hammasi oddiy  — amalda hech narsa! Avtonom quvvat olgichni yangisiga almashtiring, uni 100 foizga quvvatlantiring va foydalavering. Vaqti kelib telefoningiz shunga ko‘nikadi vato‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi, zaryadkaning darajasini ham aniq ko‘rsatadi.

Yuqorida aytib o‘tilgan maslahatlarga amal qilsangiz akkumulyatoringiz  uzoq vaqt sizga xizmat qiladi. Ushbu  yo‘riqnomaning barchasi yangi mobil qurilmalar uchun to‘g‘ri

Simsiz zaryadkadan foydalansa bo‘ladimi?

Bu usul ham telefonni qizdirib yuborishi mumkin va uning zaxirasi pasayadi.  Agar qurilmangiz doim qizigan holatda bo‘lsa va bunga simsiz zaryadka sabab bo‘layotganini bilsangiz, unda bunday zaryadkadan voz kechishga harakat qiling.

Zamonaviy induksion katushkaning qizib ketish xususiyati bor va bunning hech ajablanadigan joyi yo‘q.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.