Samsung Galaxy smartfonlarida jonga teguvchi reklamalardan qanday xalos bo‘lish mumkin?

  •   Saroy
  •  2099
  •  10.05.2018 14:53

Samsung Galaxy smartfonlarida jonga teguvchi reklamalardan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Agar smartfoningizdada paydo bo‘layotgan reklamalar joningizga tekkan bo‘lsa, undan xalos bo‘lishning juda oddiy usuli bor. Afsuski,  bu faqat Android Nougat operatsion tizimda ishlaydigan Samsung Galaxy qurilmasida mavjud.

Siz ushbu opsiyani telefonni birinchi marta sozlayotganingizda bilmay o‘tkazib yuborishingiz mumkin. Chunki ko‘plab foydalanuvchilar sozlagichning har bir bo‘limini tushunavermaydi va e’tibor bermasdan imkon qadar tez tugatadi,   

Telefonni sozlayotganingizda barcha shartlarga rozi bo‘ldingizmi, demak bu, amalda reklama olishga rozi bo‘lganingizni bildiradi. Havotir olmang, ushbu yo‘riqnoma Samsung kompaniyasining  Android 7.0 va undan yuqori modellardagi smartfonlarida reklamani bloklab qo‘yishiga yordam beradi.

Ushbu usul yuqorida ko‘rsatilgan talablarga mos keladigan   barcha modellar uchun bir xil. Ehtimol eslarsiz. Shu yilning boshida Samsungda o‘yinlar jarayonini yanada yaxshilash uchun yuklab olish uchun bepul o‘yinlar reklamasini tarqatgan edi. Shuningdek, Galaxy Apps ilovalar dukonidan nazariy jihatdan sizga qiziq bo‘lgan turli takliflar haqida son-sanoqsiz eslatmalar ham mavjud. Mazkur tvik ushbu barcha yoqimsiz eslatmalarga yakun yasaydi.

Xo‘sh, Samsung Galaxy smartfonlarida reklamadan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Sozlagichni oching va “Obщiye nastroyki” bo‘limiga o‘ting, pastda barcha punktlarning ro‘yxati bor. Keyin “Marketingovaya informatsiya” menyusiga tegining.  “Ya soglashayus poluchat marketingovuyu informatsiyu”.qarshisidagi belgini o‘chiring. Jaroyon tomom. Qilinadigan ishning bor-yo‘g‘i shu edi.

Albatta, brauzerda reklama qoladi, lekin sizni endi Samsung’dan eslatmalar bezovta qilmaydi. Ehtimol, bu usulni Samsung Experience interfeys o‘rnatilgan Android 6.0.1 Marshmallow operatsion  tizimida ishlayotgan qurilmalarda ham qo‘llasa bo‘lar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.