Samsung Galaxy Tab S3 2017 yilning 1 choragida taqdim etiladi

Samsung Galaxy Tab S3 2017 yilning 1 choragida taqdim etiladi

Sammobile saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy Tab S planshetining uchinchi avlodini 2017 yilning birinchi choragida namoyish etishni rejalashtirgan. Galaxy Tab S3 ikki xil variantda (Wi-Fi va LTE) ishlab chiqariladi.

Bo‘lajak planshetlarning model kodlari ham ma’lum qilingan. Faqat Wi-Fi modulli yangi Galaxy Tab S3 planshetiga SM-T820, LTE standartidagi versiyaga esa SM-T825 model kodi beriladi.

Hozircha planshetga tegishli boshqa tafsilotlar haqida xabar berilmagan. Ma’lumot uchun, Galaxy Tab S2 modeliga 9,7 dyuymli Super AMOLED ekran o‘rnatilgan. Planshet chiroyli dizayn va kuchli texnik parametrlarga ega.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.