Samsung Galaxy Tab S3 ikki tomondan qayrilgan ekran bilan jihozlanadi

Samsung Galaxy Tab S3 ikki tomondan qayrilgan ekran bilan jihozlanadi

Keyingi oyning oxirida Ispaniyaning Barselona shahrida o‘tkaziladigan MWC 2017 ko‘rgazmasi doirasida Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘zining navbatdagi flagman plansheti Galaxy Tab S3 modelini namoyish qilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Sammobile nashri.

Nashrning qayd etishicha, planshet o‘ramida S Pen stilusi ko‘zda tutilishi mumkin. Biroq qurilmada buning uchun alohida slot mavjud emas. Undan faqat qo‘shimcha aksessuar sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi. Kompaniya modelning Wi-Fi va LTE versiyalarini chiqarishni rejalashtirgan.

Qurilmaga 9,6 dyuymli 2048x1536 piksel aniqligidagi ekran, Snapdragon 820 protsessori, 4 GB operativ xotira o‘rnatiladi. Model birinchi bo‘lib Janubiy Koreyada taqdim etilishi va sotuvga chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.