Samsung Galaxy Tab S3’ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Samsung Galaxy Tab S3’ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Jahon Mobil Kongressi doirasida Samsung kompaniyasi yangi texnologiyalariga bag‘ishlab taqdimot o‘tkazdi. Unda Galaxy S8 va S8 Plus 29 mart kuni taqdim etilishi ma’lum qilindi. Ba’zi manbaalarda uning aprel o‘rtalaridan sotuvga chiqishi xabar qilinmoqda.

Ammo, ushbu ko‘rgazma ham koreyalik ishlab chiqaruvchining yangiliklariga boy bo‘ldi. Jumladan, Samsung Galaxy Tab S3 plansheti ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.

Avvalgi planshetlardan farqli ravishda, Samsung Galaxy Tab S3 korpusi shisha xomashyosidan tayyorlangan. U yuqori sifatli grafika va funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan Vulkan API texnologiyasi bilan ta’minlangan. Game Launcher funksiyasi esa o‘yinlar sozlamalarini yanada osonlashtiradi.

Planshet HDR videolarni o‘qishga mo‘ljallangan. Galaxy Tab S3’da AKG texnologiyasiga ixtisoslashgan 4 ta dinamik mavjud.

Galaxy Tab S3 kompaniyaning Samsung Flow texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ya’ni, uning tizimiga kirish uchun biometrik tekshiruvdan o‘tish kerak bo‘ladi. Qolaversa, Samsung Flow tizimi planshetni boshqa qurilmalar bilan simsiz ulaydi. Uning yordamida foydalanuvchi o‘zining boshqa qurilmalariga kelgan ogohlantirish xabarnomalarini ham ko‘ra oladi.

Samsung, shuningdek S Pen stilusini ham yangiladi. Endi u planshet korpusiga magnit yordamida birikib turadi. Yangi S Pen’ning sezgirligi oshirilib, uch qismi o‘zgargan. Shu bilan birga, uning oddiy qalamga o‘xshash dizayndagi talqinin ham chiqarish reja qilingan.

Galaxy Tab S3 uchun maxsus klaviatura ham ishlab chiqarilgan. Uni devaysga maxsus port orqali ulash mumkin.


Galaxy Tab S3’ning texnik jihatlari:

Operatsion tizim: Android 7.0 bazasidagi Grace UX
Ekran: Super AMOLED, 9.7 dyuymli, 2048×1536
Protsessor: Qualcomm Snapdragon 820
Operativ xotira: 4 GB
Doimiy xotira: 32 GB, microSD 256 GB.gacha
Bosh kamera: 13 MP, LED-fotochaqnoq
Old kamera: 5 Mp
Mobil aloqa: nano-SIM, 2G/3G/LTE
Simsiz ulanish: Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.2, GPS
Barmoq izlari skaneri: old panelida
Port: USB Type-C
3.5 mm audio konnektor: mavjud
Akkumulyator: 6000 mA soat, tezkor quvvatlash tizimi
Suvdan himoyalash: yo‘q
O‘lchamlari: 261,2 x 179,1 x 8,9 mm
Vazni: 429 gramm (Wi-Fi) /434gramm (LTE)
Bahosi: taxminan $499 dollar.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!