Samsung “Galaxy” turkumida arzon planshetni namoyish qildi

Samsung “Galaxy” turkumida arzon planshetni namoyish qildi

Samsung planshetlar qatorini yana bitta 7 dyuymli “Galaxy Tab J” nomli yangi qurilma bilan to‘ldirdi. Mazkur ixcham planshet modeli boshlang‘ich darajali planshet bo‘lib, undan smartfon sifatida ham foydalanish mumkin. Unga SIM-karta o‘rnatish, 4G aloqa tarmog‘ida yuqori tezlikdagi internetga ulanish, qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, qabul qilish, sms-xabarlar bilan ishlash mumkin.

Yangi planshet — Samsung Galaxy Tab J 7 dyuymli, piksel sig‘imi 1280×800 (HD) bo‘lgan WXGA turidagi displeyga ega. U 4 yadroli, chastota tezligi 1,5 GGs, tezkor xotirasi 1,5 GB bo‘lgan protsessorda ishlaydi. Planshetning doimiy ichki xotirasi 8 GB. microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi orqali xotirani 200 GBgacha oshirish mumkin.
Planshet korpusining orqa panelida 8 megapikselli, f/1.9 aperturasiga ega ob’yektivli kamera o‘rnatilgan. Old paneldan 2 megapikselli kamera joy olgan.

Galaxy-Tab-J Galaxy-Tab-J-2

Samsung Galaxy Tab J 7 plansheti Wi-FI 802.11 b/g/n va Bluetooth 4.0 simsiz aloqa tarmog‘i, A-GPS navigatsiya moduli va FM radioni qo‘llab-quvvatlaydi.

Samsung Galaxy Tab J 7’ning akkumulyatori 4000 mA soat elektr toki sig‘imiga ega . Bu unga 9 soat uzluksiz ishlashiga yetadi. Uning tizimi Android 5.1.1 Lollipop’ning moslashtirilgan TouchWiz talqinida ishlaydi. Unda planshetdan bolalar foydalanishlariga mo‘ljallangan Kids Mode hamda foydalanuvchiga qo‘ng‘iroqqilgan odamga egasi rulda ekanidan xabar beruvchi S Bike rejimlari o‘rnatilgan.

Samsung Galaxy Tab J avgustdan boshlab oq va tillarang korpusli talqinlarda $190 dollardan sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!