Samsung Galaxy Z Flip3 kichikroq korpusga ega bo‘ladi

Samsung Galaxy Z Flip3 kichikroq korpusga ega bo‘ladi

Samsung'ning SM-F7110 model raqamli smartfoni TENAA saytida paydo bo‘ldi. Ushbu smartfon yaqinda taqdim etilishi kutilyotgan Galaxy Z Flip3'ning Xitoy bozori uchun ishlab chiqarilgan versiyasi hisoblanadi.

O‘QING: Galaxy Z Fold 3 S Pen Pro'ni qo‘llab-quvvatlaydi

Smartfonning texnik jihatlari haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Faqatgina qurilmaning o‘lchamlari va akkumulyator sig‘imi haqida ma’lumot berilgan.

Yangi Galaxy Z Flip3 buklamafoni oldingi avlod Z Flip 5G'ga qaraganda kichikroq hamda ingichkaroq korpusga ega bo‘ldi. Smartfonda ikkita akkumulyator bo‘lib, birinchisi 2,300 mAs, ikkinchisi 903 mAs ni tashkil qiladi.

Yangi buklamafon bitta SIM karta uyasiga ega. Smartfonda eSIM moduli bo‘lib, ikkita LTE va 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon Android 11 tizimida ishlaydi.

Galaxy Z Flip3 11 avgust kuni taqdim etilishi kutilmoqda. Qurilma o‘lchamlari deyarli oldingi avlodniki bilan bir xil. Tashqi tomondan esa Z Flip3 oldingi avlod Z Flip 5G'dan farq qiladi. Jumladan, yangi Z Flip ikkita kamera, tashqi displey va IP darajaga ega bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Galaxy Z Flip 3 rasmiy suratlari navbatdagi Galaxy Unpacked sanasini fosh etdi