Samsung geymerlarga mo‘ljallangan bukma ekranli monitor tayyorladi

Samsung geymerlarga mo‘ljallangan bukma ekranli monitor tayyorladi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi geymerlarga mo‘ljallangan Full HD formatli monitorni ikki xil versiyada (24 va 27 dyuym) sotuvga chiqaradi. Mazkur monitor Gamescom 2016 va IFA-2016 ko‘rgazmalarida oldin namoyish qilingan edi. Samsung yangiliklar saytida berilgan maqolaga ko‘ra, gadjet Quantum Dot (kvantli nuqta) texnologiyasida ishlangan bukma ekran asosida yaratilgan.

Quantum Dot (kvantli nuqta) texnologiyasi yorug‘likni uzatish aniqligini oshirish va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi. Kontrastlik koeffitsiyenti – 3000 : 1, buyruqlarga javob berish vaqti 1 milisekundni (yangilash chastotasi 144 GGs) tashkil qiladi. Monitor grafik karta bilan tasvirni o‘zaro sinxronlash uchun AMD FreeSync funksiyasidan foydalanadi.

Hozircha monitorning narxi ma’lum qilinmagan.