Samsung hali taqdim etilmagan Galaxy Note 9’ni allaqachon sotuvga chiqardi!

  •   DiMaX
  •  1819
  •  02.08.2018 15:06

Samsung hali taqdim etilmagan Galaxy Note 9’ni allaqachon sotuvga chiqardi!

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining to‘qqizinchi avlod fableti taqdimoti arafasida e’tiborni jalb etishning turli yo‘llarini qo‘llab charchamayapti. Jumladan, hali keng jamoatchilikka rasman tanishtirmay ham turib, uni savdoga qo‘yganiga nima deysiz!?

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy Note 9 buyurtmachilarga Samsung Smart TV sovg‘a!

Samsung roppa-rosa bir haftadan so‘ng – 9 avgustda Galaxy Note 9 planshetofonini rasman namoyish etishidan xabaringiz bor. Ammo korporatsiyaning AQShdagi bo‘linmasi bu taqdimotni ham kutib o‘tirmasdan, yangi smartfon uchun oldindan buyurtmalar qabul qila boshladi.

Ushbu fabletni birinchilar qatorida sotib olish istagida bo‘lgan amerikaliklar rasmiy saytdagi maxsus shakl orqali o‘z ism-familiyalari, elektron pochta manzillarini ko‘rsatishlari kerak. Shuningdek, yangi smartfon biriktiriladigan uyali aloqa operatorini tanlashlari yoki hech biriga bog‘lanmagan Galaxy Note 9 olmoqchi ekanliklarini bildirishlari lozim.

Bulardan tashqari, kompaniyaning ta’kidlashicha, yangi fabletni Samsung, Apple, Google yoki LG mahsuloti bo‘lgan eski smartfonlaridan biriga alishtirib olish orqali 450 dollargacha tejash mumkin.

O‘QING: Samsung, nihoyat, Galaxy Note 9’ning ilk rasmiy videolarini chiqardi