Samsung hech qachon "Galaxy S10"ni taqdim qilmaydi

Samsung hech qachon

Janubiy koreyalik tinib-tinchimas korporatsiya bir necha yillardan beri 2 flagmanlar turkumi bilan ishqibozlarini xursand qilib kelmoqda. Har yili "Galaxy S" va "Galaxy Note" nomlari ostida turli raqamli kuchli smartfonlar taqdim qilinadi.

Samsung kompaniyasi barcha telefonlarini raqamlash va nomlashda ketma-ketlikni buzmagan. Misol uchun, Apple kompaniyasi iPhone 9 modelidan avval iPhone X'ni taqdim qilgani bir oz tushunarsiz bo‘ldi.

Galaxy Note 7 taqdim etilib, muammolar sabab ishlab chiqarishdan olib tashlangani hisobga olmasa, koreyaliklar sanoqda adashib ketgani yo‘q. Biroq, keyingi yilda firmaning yangi smartfonlari yangicha nomlana boshlaydi. Bu to‘g‘rida eng ishonchli manbalar xabar bermoqda.

Brend 2019 yilda "Galaxy S10" modelini taqdim qilmaydi. Boisi, uning yangi modeli yangicha yondashuvda nomlanadi, ya’ni "Galaxy X". Va, ahamiyatli jihati -- brendning keyingi smartfonlariga nom qo‘yish aynan "X" qo‘shimchasi ostida davom ettiriladi.

Natijada, 2020 yilda jahon smartfon bozoriga Galaxy X2, 2021 yilda – Galaxy X3 kabi modellar taqdim qilinishi kutilmoqda.

Yangicha nomdagi model namoyishiga bir yildan ziyodroq vaqt borligi hisobga olinsa, hozircha marketologlar va kompaniya ekspertlari bu yondashuvni chuqur muhokama qilishmoqda.

Shu vaqtgacha ham Samsung kompaniyasining rejalari xususida, ayniqsa buklanadigan Galaxy X telefoni haqida bir qator yangiliklar tarqalgan edi. Hozircha bu paradoksning mazmuni bizga ham ma’lum emas. Biroq, 2019 yilda Galaxy S10'ning bo‘lmasligi aniq.

Aytish kerakki, raqobat qilishni yaxshi ko‘radigan Samsung smartfonlari uchun "Galaxy X" nomini bekorga tanlamadi. Bunga uni Apple ilhomlantirgani aniq. Xuddi shunday uslub "Note" turkumida ham tatbiq qilinadi. Ya’ni, keyingi yilda "Galaxy Note 10" modelining taqdimoti kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!