Samsung hech qanday tugmalarsiz smartfon chiqarishi mumkin

Samsung hech qanday tugmalarsiz smartfon chiqarishi mumkin

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o'zining bo'lajak Galaxy S seriyasidagi smartfonlaridan barcha jismoniy tugmalarni olib tashlaydi. Shokka tushishingizdan oldin shuni aytib o'tmoqchimizki, ushbu o'zgarish keyingi yili taqdim qilinishi kutilayotgan Galaxy S23 seriyasi yoki Galaxy Z 5 seriyasi uchun emas, balki, Galaxy S25 qatori uchun qo'llanilishi mumkin

Ma'lum bo'lishicha, tugmalar o'rnini dasturiy ta'minot yordamida boshqariladigan xususiyat egallaydi. Telefon ovozini baland/past qilish, telefonni yoqish kabi amallar shunchaki smartfonga teginishi orqali amalga oshirilishi mumkin, lekin bu aniq qanday ishlashi hozircha noma'lum.

Aytish kerakki, tugmalarning olib tashlashini smartfonning suvga chidamliligini oshiradi va korpus ichida boshqa qurilmalar uchun bo'sh joy ajratadi.

Garchi bu xabar kelajakda o'z tasdig'ini topsa ham, Samsung tugmalarsiz smartfon chiqargan birinchi kompaniya bo'lmaydi. Bozorda allaqachon bunday telefon mavjud: uch yil avval chiqarilgan Meizu Zero smartfonida tugmalar tugul, zaryadlash teshigi ham yo'q (simsiz quvvatlanadi).

Agar Samsung navbatdagi Galaxy S23 smartfonlari bitta jismoniy xususiyatni olib tashlaydigan bo'lsa, bu SIM-karta uyasi bo'lishi mumkin, lekin bu ham hozircha noma'lum. Kompaniyaning "yaqin do'sti", Apple esa, o'z uyida allaqachon faqat eSIM'da ishlaydigan iPhone 14 smartfonlari chiqarib ulgurdi.

O'QING: Snapdragon 4 Gen1 chipi bilan jihozlangan ilk smartfon taqdim etildi