Samsung Hindistondagi zavodini yangiladi: endi u dunyodagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchi zavod bo‘ladi

  •   Saroy
  •  810
  •  11.07.2018 12:56

Samsung Hindistondagi zavodini yangiladi: endi u dunyodagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchi zavod bo‘ladi

Janubiy Koreyaning elektron qurilmalar ishlab chiqaruvchi giganti Samsung Hindistonning Uttar-Pradesh shtati  Noida shahridagi zavodini kengaytirdi va qayta jihozladi.   The Economic Times portali tarqatgan xabarda ta’kidlanishicha, yangilangan zavodning ochilishida Janubiy Koreya prezidenti  Mun Chje In va Hindiston Bosh vaziri Narenda Modi ishtirok etishgan. Endi ushbu zavod mobil telefonlar ishlab chiqaradigan dunyodagieng yirik ob’yekt hisoblanadi.

O‘QING:2017 yilda kutilayotgan 11 texnologiya trendi

Zavodni yangilashdan asosiy maqsad — Samsung’ning arzon, o‘rtacha arzon hamda flagman smartfonlarini ishlab chiqarishdan iborat. Galaxy S9 flagmani ham xuddi shu zavodda chiqariladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, mobil qurilmalari zavodida Samsung teyelevizorlari, muzlatkichlari va boshqa maishiy texnikalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Samsung kompaniyasi Noida shahridagi ushbu zavodini qayta jihozlashdan oldin Hindiston hududida yiliga jami 67 million dona smartfon ishlab chiqarardi. Zavodni qayta ishga tushirish natijasida ushbu ko‘rsatkich 120 milliontaga yetishi kerak.

Noida shahridagi mazkur ishlab chiqaruvchi maskan 1997 yilda televizor ishlab chiqaruvchi kichkinagina zavod sifatida ishga tushirilgan edi. 2005 yilga kelib, fabrika kengaytirildi va smartfonlar ishlab chiqaradigan liniya yo‘lga qo‘yildi. Hozirda fabrika hududi 35 akrni (141 640 kvadrat metr yoki 14,16 gektar) tashkil etadi

O‘QING:Galaxy A5 – «Malika»da eng ko‘p sotilayotgan, o‘rta narxdagi Samsung

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!