Samsung inqilobiy smartfonini bilakka taqiladigan qilmoqchi

  •   DiMaX
  •  1658
  •  18.10.2017 13:39

Samsung inqilobiy smartfonini bilakka taqiladigan qilmoqchi

Samsung Electronics qo‘lga taqiladigan mobil gadjet ustida ish olib bormoqda. Uning displeyi bukiladigan bo‘lishiga qaraganda, sirli Galaxy X ayni shu qurilma bo‘lishi mumkin, deb yozadi SamMobile nashri.

Mazkur qurilmaga oid patent hujjatlarini SamMobile jurnalistlari AQSh patentlar va savdo belgilari byurosining ma’lumotlar bazasida uchratib qolishgan.

Garchi form-faktori fitnes-braslet yoki nari borsa «aqlli» soatga o‘xshab ketsa-la, yangi devaysning tavsifi uning anchagina ko‘p funksiyali ekanini ko‘rsatadi. Qurilmaning yangicha dasturiy imkoniyatlari unga Android’ning to‘laqonli talqini o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligiga ishora qiladi.

Bundan tashqari, chizmalarni o‘rganish davomida aniqlanishicha, taqiluvchi gadjetning displeyi nafaqat qiyshayishi, balki buralishi ham mumkin! Bularning barchasi Samsung o‘zining inqilobiy smartfonini bilakka taqishga moslashtirayotganidan darak beradi.

Hujjatning tavsifiy qismidan anglashilishicha, Samsung mazkur patentni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hali 2015 yilning avgust oyidayoq ariza bergan ekan. Aftidan, koreyalik gigant o‘shandayoq Galaxy X prototipi ustida ishlashga kirishgan ekan. Uning taqdimoti esa 2018 yilning sentyabrida bo‘lib o‘tishi kutilayotir.

Xabaringiz bor, boshqa smartfonsozlar ham buklanuvchi qurilma tayyorlash ustida ish olib borishmoqda, ammo xitoylik ZTE ulardan o‘zib ketdi va o‘zgacha form-faktordagi Axon M – gorizontal tarzda buklanuvchi, ikkita displeyli ilk smartfonni taqdim etdi. Samsung’ning buklama smartfoni haqidagi xabarlar shu yilning mart oyida tarqala boshlagan. Sentyabrda esa kompaniya bukiluvchan smartfonni sertifikatlash bo‘yicha Koreya radiotadqiqotlar agentligiga patent arizasini topshirgan. Galaxy X deb atalayotgan ushbu model, narxi balandligi bois, iPhone X’dan ham noyob smartfon bo‘ladi. Apple ham «raskladushka» iPhone chiqarmoqchi, ammo Samsung’dan cho‘chigani uchun bu borada LG Display kompaniyasi bilan hamkorlikda ish boshlagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!