Samsung iPhone’ning eng kuchli jihatini aytdi

Samsung iPhone’ning eng kuchli jihatini aytdi

Bugun Android mobil platformasiga hujum uyushtirayotgan viruslar jiddiy muammoga aylandi. Samsung kompaniyasi aynan shu tufayli ham himoya dasturlari ishlab chiqaradigan McAfee kompaniyasi bilan Galaxy S8 va S8+ uchun VirusScan tizimini yaratish bo‘yicha hamkorlikni boshladi.

Android-qurilmalar ishlab chiqaruvchi Samsung kompaniyasi Android-smartfonlarning tobora kuchayib borayotgan virus xavflari oldida ojizligini ochiqchasiga qayd etgan. Shu bilan birga, kompaniya vakili iPhone’ning zararli fayllardan naqadar kuchli himoyalangani, «guglofon» egalari smartfonlariga kirib olib, bank kartalaridagi mablag‘larni yechib olayotgan, maxfiy so‘zlarni o‘g‘irlayotgan troyan viruslarining qurboniga aylanib qolmasliklari uchun, antivirus dasturlaridan foydalanishga majbur ekanliklarini qayd etgan.

Albatta, Google doim Android foydalanuvchilarni tashvishga o‘rin yo‘qligiga ishontirib keladi. Bir necha yillar avval Google kompaniyasi viruslar Google Play’ga tushishi bilan ularni aniqlaydigan tizim tatbiq qilinganini aytgan bo‘lsa ham, biroq virus xurujlarining xavfi kamaygani yo‘q. G Data ma’lumotlariga ko‘ra, har 10 sekundda Android mobil platformasi uchun yangi troyan virusi ishlab chiqarilib, tarqalmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!