Samsung Janubiy Koreyada Galaxy A8 (2016) smartfonini namoyish qildi

Samsung Janubiy Koreyada Galaxy A8 (2016) smartfonini namoyish qildi

Bugun Samsung kompaniyasi Janubiy Koreyada 5,7 dyuymli Full HD ekranga ega, sakkiz yadroli Galaxy A8 (2016) smartfonini taqdim etdi.

Yangi model to‘liq metall korpus bilan o‘ralgan, 2,1 GGs chastotali Exynos 7420 protsessorida ishlaydi. Galaxy A8 (2016) smartfoniga Mali-T760 rusumidagi grafik chip, 3 Gb tezkor va 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan.

AMOLED matritsasida ishlangan Full HD ekran “Always On” funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Model 3300 mA/st sig‘imdagi batareyadan quvvatlanadi, unga 8 MPli old va 16 MPli asosiy kamera o‘rnatilgan.

Galaxy A8 (2016) Grace UX interfeysidagi Android Marshmallow dasturida ishlaydi. Model ertaga Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi. Narxi – 580 dollar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!