Samsung kompaniyasi UFS 4.0 xotira texnologiyasini taqdim etdi

Samsung kompaniyasi UFS 4.0 xotira texnologiyasini taqdim etdi

Smartfonning xotira turi xaridorlar uchun eng muhim savdo nuqtalaridan biri bo‘lsa-da, savdo vaqtida bu ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Ko‘pgina Android smartfonlari UFS'dan (Universal Flash Storage) foydalanadi. Bugungi kunda aksariyat flagmanlar UFS 3.0 yoki 3.1 xotirasiga ega. 

Seshanba kuni Samsung kompaniyasi UFS 4.0 xotira turini taqdim etdi, u Samsung'ning Gen 7 V-NAND xotirasi va 4200 MB/s gacha bo‘lgan ketma-ket o‘qish tezligi va 2800 MB/s gacha bo‘lgan ketma-ket yozish tezligiga ega kontrollerni qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi xotira texnologiyasi, shuningdek, oldingi avlodga nisbatan ketma-ket o‘qish tezligida quvvat samaradorligini 46% ga oshiradi. 

UFS 4.0 xotirasi 23.2 Gbit/s gacha tezlikni qo‘llab-quvvatlaydi, bu UFS 3.1 dan ikki baravar tez degani. Samsung'ning ta’kidlashicha, o‘tkazish qobiliyati katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni talab qiluvchi 5G smartfonlari uchun juda mos keladi. Yangi texnologiya VR, AR va avtomobil ilovalarida qo‘llanilishini kutilmoqda.

UFS 4.0 texnologiyasi 1TB gacha bo‘lgan xotirani qo‘llab-quvvatlash. Endi 512GB va 1TB sig‘imga ega ko‘proq smartfonlarni ko‘rishni boshlaymiz degan umiddamiz. 

Samsung 3-chorakda UFS 4.0 xotirasini ommaviy ishlab chiqarilishini boshlaydi. Yil oxiri yoki 2023 yilning boshlarida esa ushbu xotiraga ega bo‘lgan smartfonlar sotuvga chiqadi.  

O‘QING: Apple yangi aqlli soati bilan termometrga xayr deymiz! 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!