Samsung: kuygan SUHD-televizorlarga muddatsiz kafolat xizmati ko‘rsatiladi

Samsung: kuygan SUHD-televizorlarga muddatsiz kafolat xizmati ko‘rsatiladi

Samsung‘ning SUHD-televizorlari, birinchi navbatda, boshqa yuqori aniqlikdagi analoglaridan yanada sifatli va yorqin namoyishi bilan ajralib turadi. Kompaniya displeyga yorug‘lik miqdorini oshirishga xizmat qiladigan kvant zarralarini qo‘llash orqali shunday natijaga erishgan. Biroq avvalroq aynan ushbu qatordagi televizorlarning kuyib qolishi yuzasidan ba’zi mijozlar shikoyat bildirgan edi. Muammoni faqat servis markazida yoki yangi televizorni xarid qilib hal etish mumkin edi. Yaqinda kompaniya mazkur muammoni butunlay bartaraf etganini ma’lum qildi.

Samsung Electronics America vitse-prezidenti Deyv Dassning aytishicha, kompaniya o‘z mahsulotlarining nafaqat yangi texnologiyalar bilan, balki yuqori barqarorligi bilan ham ajralib turishini ta’minlashga intilmoqda. Shu maqsadda Samsung kuygan SUHD televizorlarga muddatsiz kafolat xizmatini ko‘rsatishga qaror qilgan.

Shuningdek, SUHD Quantum Dot 8 yoki 9 lineykasidagi modellarni oldinroq sotib olgan xaridorlarga ham kuyib qolgan televizorlar bepul ta’mirlab beriladi yoki yangisiga almashtiriladi. Hozircha bunday dastur faqat AQShda amal qilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!