Samsung kutilmaganda Galaxy J7 Prime 2 arzon smartfonini taqdim qildi

Samsung kutilmaganda Galaxy J7 Prime 2 arzon smartfonini taqdim qildi

Taniqli IT-brend bo‘lmish Samsung kompaniyasi kutilmaganda va biror bir jiddiy tadqimot tadbirisiz o‘zining rasmiy veb-saytida Galaxy J7 Prime 2 smartfonini jamoatchilik e’tiboriga havola qildi.

Galaxy J7 Prime 2 – bu afsonaviy brendning navbatdagi hamyonbop smartfonlaridan biri. Uni kompaniyaning ashaddiy hamda arzon smartfonlarni xarid qilish istagida bo‘lgan chinakam mijozlar xarid qilishlari mumkin. Smarfton jihtlari ham uning narxidan kelib chiqib, boshlang‘i texnik imkoniyatlar bilan ta’minlangan.

2018 yilning 23 martida e’lon qilingan Samsung Galaxy J7 Prime 2 smartfoni 5,5 dyuymli, TFT matritsali, 1920 ga 1080 pikselli (Full HD) ekranga ega bo‘lgan.

Uning samaradorligi uchun korpusdan 8 yadroli Exynos 7870 protsessori uchun joy ajratilgan. Bu chipsetning chastota tezligi 1,6 GGs.ni tashkil qiladi.

Devays 3 gigabaytli tezkor va 32 gigabaytli doimiy xotiraga ega bo‘lgan. microSD bo‘lmachasi orqali xotirani 256 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

13 megapikselli (f/1.9) bosh hamda 13 megapikselli old (f/1.9) kameralarda yaxshi suratlar olish mumkin. Gadjetning akkumulyator batareyasining sig‘imi 3300 mA soat. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, uni to‘liq quvvatlab smartfonda 14 soat video tomosha qilish yoki 3G tarmog‘ida 22 soat suhbat qurish mumkin.

Samsung Galaxy J7 Prime 2 telefonining korpusi metalldan ishlangan bo‘lib, uning yuqori va quyi qismlarida ko‘zga tashlanuvchi plastik uloqlardan ham foydalanilgan. Odatda bu yerda antenna modullari yashirilgan bo‘ladi.

Mobil qurilma o‘lchamlari: 151,7 x 75 x 8 mm, vazni 180 gramm.

Ishlab chiqaruvchi smartfonga Wi-Fi 802.11n (2.4 GGs), Bluetooth 4.1, GPS hamda GLONASS modullari, shu bilan birga 4G tarmog‘ida VoLTE ovozli tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan modem, microUSB porti bilan ta’minlagan.

Telefonda kontaktsiz to‘lov uchun zarur bo‘ladigan NFC moduli yo‘q. Smartfon Android 7.1.2 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Guvohi bo‘lganingiz kabi, Samsung Galaxy J7 Prime 2 telefonidagi texnik jihatlar aloqa qurish, internet va messenjerlardan foydalanish, video tomosha qilib, musiqa tinglash va boshqa qator vazifalarni amalga oshirish uchun kifoya qiladi. Biroq, telefon murakkab 3D-grafikali o‘yinlarni qayta ishlashda qiynaladi.

Samsung Galaxy J7 Prime 2 hozircha Hindistonda sotuvga chiqarilgan va uning bahosi $215 dollarni tashkil qiladi. Samsung bu gadjetni qora hamda tilla rang korpuslarda sotuvga chiqarishni reja qilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!