Samsung liderining qamalishi nega Koreyaga qimmatga tushadi?

Samsung liderining qamalishi nega Koreyaga qimmatga tushadi?

Samsung Janubiy Koreyaning №1-raqamli brendi va eng yirik eksportyori. Smartfon, mikrochip, gaz va mikroto‘lqinli pechlari, kir yuvish mashinalari, yuk kemalari, ko‘p qavatli uylar, changyutkichlar, farmatsevtika preparatlari, konditsioner va boshqa ko‘plab bosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, sug‘urta xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi, kredit kartalari chiqaruvchi bunday yirik kompaniya jahonda ham noyob. Uning bahosi Koreya iqtisodiyotining 15 foizini tashkil qiladi. Ya’ni, bir necha trillion AQSh dollari degani.

Yangi hukumat mana shunday serdaromad kompaniya rahbarini ayab o‘tirmadi.

Mamlakatning sobiq rahbari Pak In Xega 38 million dollar miqdoridagi pora berishdan tashqari Li Jeyonga xorijdagi bizneslarni yashirish va moliyaviy jinoyatlarga qo‘l urish, soliqlardan bo‘yin tovlash ayblovlari qo‘yilgan va unga 5 yillik qamoq jazosi tayinlangan edi.

Ayni paytda Koreya Respublikasini boshqarayotgan prezident Luna Je-in va siyosiy partiya Samsung va boshqa gigant korporatsiyalarga qarshi "urush" e’lon qilgan. Biroq, ko‘pchilik koreyaliklar nazdida Samsung mamlakatni qashshoqlik girdobidan olib chiqib, "Osiyo yo‘lbarsi"ga aylantirgan kompaniya. Aksariyat koreyaliklarning fikricha, biznesda korrupsiya kompaniyalar xatosi uchun emas, amaldorlarning kompaniyalarga bo‘lgan munosabati bois yuzaga kelmoqda.

Aksariyat ekspert va biznesmenlarning fikricha,  Li Jeyon — koreyalik biznesmen va milliarder, "Samsung Electronics kompaniyasi vitse-prezidentining qamalishi nafaqat Samsung, balki mamlakat nufuzi uchun ham katta yo‘qotish bo‘lishi mumkin. Samsung liderining qamalishi -- milliy yo‘qotish va u Koreyaga qimmatga tushadi. Kompaniya nufuzi mamlakat taqdiriga bevosita bog‘liq", deb yozadi New York Times. Bu esa sud hukmini qayta ko‘rib chiqilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hozircha Li Jeyon Samsung'ni qamoqxonadan turib boshqarmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!