Samsung'ni yangi televizori amerikaliklarni hayratga soldi

Samsung'ni yangi televizori amerikaliklarni hayratga soldi

Mehnatkash Samsung so‘nggi bir necha yillardan beri yangi avlod qimmatbaho televizorlarini yaratish ustida qizg‘in izlanishlar olib borayotgan edi. Kompaniya bu boradagi tadqiqotlari mevasi bo‘lgan MicroLED texnologiyasi asoslangan televizorini Consumer Electronics Show 2018 ko‘rgazmasida taqdim qildi.

“The Wall” deb nom olgan bu gadjet, kompaniyaning ma’lum qilishicha, jahondagi birinchi MicroLED modullariga asoslangan 146 dyuymli televizor. Bu devays ekrani bugungacha foydalanilgan LED lampalaridan ham kichik bo‘lgan, jajji diodlardan tarkib topgan.

The Wall MicroLED TV texnologiyasi
Samsung qimmatbaho televizorlari savdosidagi yetakchilikni saqlab qolish uchun ham ushbu ishlanmani taqdim qildi. Kompaniya endi OLED ekranga ega televizorlarni ishlab chiqarmoqchi emas. Aytish joizki, har ikkala texnologiyada ham svetodiodli namoyishga asoslanadi. Ya’ni, bu diodlarning o‘zi zarur yorug‘likni ishlab chiqaradi va ostki yoritish tizimiga hojat yo‘q.

Shu bilan birga, MicroLED ekran panellarida tasvir namoyishi, jumladan ranglar o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifati OLED ekranlarniki bilan bir xil bo‘lsa ham, bu panellar OLED ekranlarga qaraganda juda ham yupqa. The Wall televizori romdan xoli bo‘lgani bois, uning hajmini o‘zgartirish hamda turli sharoitlarda foydalanish mumkin.

Samsung’nig The Wall televizori modulli, ya’ni o‘z shaklini o‘zgartira oladigan jahondagi ilk televizor. MicroLED panellari yordamida uni xohlaga o‘lchamga keltirish mumkin. Shu bilan birga, televizorning rang gammasi, rang-tasvir sig‘imi hamda tim-qora tus uzatish darajasi juda yuqori.

Kompaniya hozircha MicroLED televizorining narx-navosini ma’lum qilmagan.