Samsung’ning yig‘iladigan smartfoni renderlarda paydo bo‘ldi

Samsung’ning yig‘iladigan smartfoni renderlarda paydo bo‘ldi

Samsung kompaniyasining yig‘iladigan form-faktordagi smartfon ustida ishlayotgani borasida bir necha yildan beri turli mish-mishlar yuribdi. Bu gal esa Sammobile nashrida yana Janubiy Koreya gigantining taxminlarga ko‘ra Project Valley (ikkinchi nomi Galaxy X) degan yig‘iladigan smartfoniga qarashli renderlar e’lon qilindi.

samsung-galaxy-x-patent-02-720x357

Samsung’ning so‘nggi patentlarilaridan birida smartfonni yig‘ishga xizmat qiladigan mexanizm batafsil ta’riflangan. Patentda ko‘rsatilganidek, Project Valley yoki Galaxy X korpusining o‘rtasiga telefonni bukishga yordam beradigan maxsus mexanizm o‘rnatiladi. Bundan tashqari, mazkur smartfon telefonning holatiga qarab o‘zgaradigan interfeysga ega bo‘lishi ham taxmin qilinmoqda.

samsung-galaxy-x-patent-04-720x368

Hozircha Galaxy X qachon namoyish etilishi noma’lum. Ammo taqdimot 2017 yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.