Samsung’ning navbatdagi «aqlli» soati Android (Wear OS)da ishlaydi

  •   Saroy
  •  906
  •  23.05.2018 11:36

Samsung’ning navbatdagi «aqlli» soati Android (Wear OS)da ishlaydi

Samsung kompaniyasi Gear S4 (aqlli) soatlarining navbatdagi avlodi ustida ish olib bormoqda. Hozircha bu  haqda ayrim xabarlar ma’lum bo‘lgan.

Xitoy Ice Universe (@universeice) insayderining Weibo ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, Samsung Google bilan birgalikda Android Wear (hozirda Wear OS) aqlli soatining yangi flagmanini ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda. Bundan tashqari, kareyalik ishlab chiqaruvchi Gear S4 nomini  Galaxy Watch’ga o‘zgartirgan. Gap bitta mahsulot ustida borayaptimi yo‘qmi hozircha  noma’lum. Shunga qaramay, Samsung o‘zining Tizen operatsion tizimini  Wear OS foydasiga o‘zgartirishiga ishonish mushkul. Ammo, 2014 yilda kompaniya Android Wear’da ishlaydigan Gear Live soatini ishlab chiqargan edi.

Bundan avvalroq, Gear S4 (Galaxy Watch) LTE-modulini oladi va u erkaklar uchun katta, ayollar uchun esa kichikroq deametrda chiqishi haqida xabar tarqalgan edi. Soat yangi “imkoniyatlar” bilan yanada boyitilgan.

Yangi soat yilning ikkinchi yarmida chiqishi mumkin.

O‘QING: Nihoyat iPhone uchun Samsung Gear ilovasi chiqarildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.