Samsung’ning shovqinsiz taqdimoti: Galaxy Tab A (2017) plansheti!

  •   DiMaX
  •  1343
  •  08.09.2017 17:45

Samsung’ning shovqinsiz taqdimoti: Galaxy Tab A (2017) plansheti!

Janubiy Koreyalik gigant ortiqcha shov-shuv ko‘tarmagan holda, bu yilgi Galaxy Tab A turkumidagi ilk planshetini ishlab chiqardi. Galaxy Tab A 8.0 (2017) deb nomlangan bu model allaqachon Vetnamda savdoga chiqarilgan. Kompaniya saytining vetnamcha talqinida u haqdagi ma’lumotlar berilgan.

Samsung Galaxy Tab A 8.0 (2017) metall korpusli bo‘lib, diagonali 8 dyuymga teng TFT-displeyi WXGA sifatli (1280 x 800 pikselli)dir. Uning asosiy kamerasi 8, old kamerasi esa 5 megapikselli suratlar oladi.

Planshet to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 425 protsessori bazasida ishlaydi. Tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 2 hamda 16 gigabayt hajmga ega. Shuningdek, 256 gigabaytgacha sig‘imli, microSD formatidagi karta qo‘yish orqali gadjet xotirasini kengaytirish imkoni mavjud.

Devaysning akkumulyatori 5000 mA/soat sig‘imli bo‘lib, o‘zi Android 7.1 Nougat operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. U simsiz aloqaning 4G LTE (opsional tarzda), Wi-Fi (802.11 a/b/g/n), Bluetooth 4.2, GPS hamda GLONASS interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Samsung Galaxy Tab A 8.0 (2017) planshetining uyali aloqani qo‘llab-quvvatlovchi versiyasi 285 AQSh dollari narxida sotuvga qo‘yilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!