Samsung “Notebook 7 Spin” sensor ekranli noutbuklarni sotuvga chiqaradi

Samsung “Notebook 7 Spin” sensor ekranli noutbuklarni sotuvga chiqaradi

Janubiy koreyalik axborot texnologiyalari ishlab chiqaruvchisi Samsung bugun Notebook 7 Spin turkumida ikki yangi – 13 hamda 15.6 dyuymli sensor displeyli noutbuklarni taqdim qildi.

Har ikkala noutbukning ekranlari 360 gradusga qayrila olish xususiyatiga ega. Noutbuklarda Intel Core i5 va Core i7, 1 protsessorlari joriy qilingan. Ularda 12 GB tezkor xotira hamda 1 TB ma’lumot sig‘imiga ega doimiy ichki xotira mavjud. Shuningdek, bu ma’lumot sig‘imini qurilmaga qo‘shimcha qattiq disk o‘rnatib, kengaytirish ham mumkin.

13 dyuymli displeyga ega Notebook 7 Spin laptopi tezkor quvvat olish tizimiga ega bo‘lib, 100 daqiqada to‘la quvvat olib bo‘ladi. Uning 15.6 dyuymli modelining quvvat toshi – akkumulyatori esa 30 daqiqada to‘liq quvvat olish imkoni bilan ta’minlangan. Uni 20 daqiqa quvvatlab, avtonom rejimda 2 soat bemalol foydalanish mumkin.

Notebook 7 Spin ekranlarining sig‘imi FullHD bo‘lib, HDR rejimini qo‘llab-quvvatlaydi. Ulardan sensor displeyli noutbuk, video ko‘rish hamda planshet shaklidagi rejimlarda foydalanish mumkin. Klaviaturada orqa fon chiroqlaridan foydalanilgan.

Har ikkala noutbuk shu haftada AQSh axborot texnologiyalari bozoriga $799 dollar bahosida sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!