Samsung o‘zining Galaxy X buklama smartfonini «maxfiy yig‘ilish»da ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  2017
  •  18.01.2018 10:23

Samsung o‘zining Galaxy X buklama smartfonini «maxfiy yig‘ilish»da ko‘rsatdi

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Consumer Electronics Show (CES) 2018 ko‘rgazmasida texnologik kompaniyalar o‘zlarining ko‘plab yangi qurilmalarini namoyish etishdi. Shu bilan birga, xabarlarga ko‘ra, ayrim kompaniyalar o‘zlarining yangi ishlanmalarini «yopiq eshiklar ortida» – keng ommadan maxfiy tarzda, tor doirada ko‘rsatishgan.

O‘QING: CES 2018: LG yangi televizorini rulonda olib keldi

Jumladan, janubiy koreyalik texnogigant o‘zining buklama (yoki, ta’bir joiz bo‘lsa, «qayishqoq») smartfoni – Galaxy X modelining prototipini tor doirada taqdim etgan. Yangicha qurilmaga munosabatlarini bilish uchun, Samsung bu davraga turli guruhlar vakillarini taklif qilgan.

Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, koreyaliklarning buklama smartfoni diagonaliga 7,3 dyuymlik qayishqoq OLED-displeyga ega. Dizaynning ikki xil varianti ko‘zda tutilgan – «yig‘ma» hamda kitobsimon buklanuvchi variantlar. Har ikkalasida ham smartfonni xuddi qog‘ozni buklagandek bukish mumkin. Gadjetning ekrani polimer OLED materialidan yasalgani taxmin qilinmoqda.

O‘QING: Inqilobiy buklama smartfon – Galaxy X taqdimoti va savdoga chiqarilish vaqti aytildi

Shuningdek, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan Samsung Galaxy X modelining chizma-surati e’lon qilingan. Rasmda yagona qayishqoq displeyga ega smartfon aks ettirilgan bo‘lib, uni qoq belidan bukish mumkin.

Samsung vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Galaxy X devaysini ular hali keyingi – 2019 yili taqdim etishadi; bu esa avval tarqalgan xabarlarga ziddir. Xullasi kalom, joriy yilda ZTE Axon M modeliga jiddiy raqib chiqishini kutmasak ham bo‘ladi, har holda, koreyaliklar bunaqa qurilmani namoyish etishga shoshilishmayapti.

O‘QING: Birinchi buklama smartfon – ZTE Axon M taqdim etildi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!