Samsung planshet va smartfonlarining 2019 yilda Android 8 Oreo’gacha yangilanish jadvali

  •   DiMaX
  •  1869
  •  09.08.2018 15:00

Samsung planshet va smartfonlarining 2019 yilda Android 8 Oreo’gacha yangilanish jadvali

Janubiy koreyalik texnogigant joriy yilning oxirida va kelasi yilda Android operatsion tizimining sakkizinchi – Oreo talqinigacha yangilanadigan mobil qurilmalari ro‘yxatini e’lon qildi. Undan bitta planshet hamda asosan hamyonbop va o‘rta narxli smartfonlar o‘rin olgan.

O‘QING: Rasman: Yana kamida 8 xil Samsung smartfoni Android Oreo’gacha yangilanadi

Mazkur ro‘yxatga jami o‘n ikkita qurilma kiritilgan bo‘lib, shulardan ayrimlari 2016 yilgi modellardir. Android 8 talqinigacha yangilanuvchi bu devayslardan yettitasi dastlab Android 6 Marshmallow proshivkasi bilan chiqqan va keyinchalik Android 7 Nougat’gacha yangilangan.

Shunday qilib, Samsung o‘zining ayrim smartfonlarini quyidagi tartibda Android 8 Oreo talqiniga asoslangan proshivka bilan ta’minlaydi:

  • Galaxy J7 Neo – 2018 yilning dekabrida;
  • Galaxy Tab A 2017 – 2019 yilning yanvarida;
  • Galaxy A9 Pro 2016 – 2019 yilning yanvarida;
  • Galaxy C7 Pro – 2019 yilning yanvarida;
  • Galaxy C9 Pro – 2019 yilning yanvarida;
  • Galaxy J2 2018 – 2019 yilning yanvarida;
  • Galaxy On5 2016 – 2019 yilning yanvarida;
  • Galaxy On7 2016 – 2019 yilning yanvarida;
  • Galaxy J7 2018 – 2019 yilning yanvarida;
  • Galaxy J7 2017 – 2019 yilning yanvarida;
  • Galaxy J7 Max – 2019 yilning fevralida;
  • Galaxy J7 2016 – 2019 yilning martida.

Aytish kerakki, Android operatsion tizimining to‘qqizinchi versiyasi hali yaqindagina – 6 avgustda chiqarilgan bo‘lib, unga asoslangan proshivka Samsung smartfonlariga hozircha ishlab chiqilmagan. Shuningdek, bu talqinda smartfon egalariga ma’qul kelmaydigan bir xususiyat borligi aniqlangan...

O‘QING: Android 9 Pie’ga o‘tmoqchimisiz? Yodda tuting: orqaga yo‘l yo‘q!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!