Samsung qurilmalarining qaysilari qachon Android 10'ga o‘tadi?

Samsung qurilmalarining qaysilari qachon Android 10'ga o‘tadi?

Android 10'ning ilk versiyasi chiqqaniga deyarli uch oy bo‘ldi. Samsung foydalanuvchilari esa o‘z qurilmalariga operatision tizim qachon kelishiga qiziqmoqda.

Ammo, koreyalik texnogigant shoshqaloqlik qilishni yoqtirmaydi. Kompaniya yangilanish uchun barcha narsani tayyor holatga keltirib, tizim yangilanishi jarayonini birin-ketin amalga oshiradi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Android 10 yangilanish muddatini 2020 yilga rejalashtirgan. Buni Samsung Members ilovasini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqan isroillik foydalanuvchilari aniqladi.

Ro‘yxatdan ma’lum bo‘lishicha, kompaniya kamida 28 ta smartfon va planshet modellarini Android'ning oxirgi versiyasiga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shunday qilib, kelasi yilning yanvar oyidan boshlab One UI 2.0 qobiqli Galaxy Note10, Galaxy S10 va Galaxy Note 9 oilalarining flagmanlariga Android 10 kela boshlaydi.

Masalaning e’tiborli tomoni shundaki, yangilanishni qabul qiluvchilar soniga Galaxy S8 seriyasining flagmanlari kiritilmagan. Ammo, bu ro‘yxat yakunlangani yo‘q va kengaytirilishi mumkin, chunki bu ro‘yxatda yig‘iladigan Galaxy Fold, Galaxy A50s va Galaxy M vakillari hozircha mavjud emas.

Kelgusi yilning aprel oyidan boshlab One UI 2.0'ni Galaxy Tab, Galaxy S9, Galaxy A va Galaxy J oilalari qabul qila boshlaydi. May oyida yangilanish Galaxy A10/A10s/A20/ A30s'ga keladi. Galaxy J6 va Galaxy A20s uchun yangilanish iyun va iyun oylariga rejalashtirilgan. Iyul oyida esa Galaxy J6+, Galaxy J8 va Galaxy Tab S5e smartfonlariga keladi.Quyida Google'dan operatsion tizimning so‘nggi versiyasini qabul qilishlari kutilayotgan modellarning ro‘yxati keltirilgan:

•Galaxy S10/S10+/S10e
•Galaxy Note10/Note10+
•Galaxy Note 9
•Galaxy S9/S9+
•Galaxy Tab S6
•Galaxy Tab S5e
•Galaxy Tab S4 10,5
•Galaxy Tab A 10.1 (2019)
•Galaxy Tab A 8 (2018)
•Galaxy Tab 10.5
•Galaxy A80
•Galaxy A70
•Galaxy A50
•Galaxy A30s
•Galaxy A30
•Galaxy A20s
•Galaxy A10s
•Galaxy A10
•Galaxy A9 (2018)
•Galaxy A7 (2018)
•Galaxy J8
•Galaxy J6/J6+

O‘QING: Yaqin kunlarda One UI 2.0'ning ikkinchi beta-talqini taqdim qilinadi