Samsung rahbari 2017 yili asosan qamoqda bo‘lib ham 820 ming dollar daromad qildi!

  •   DiMaX
  •  1132
  •  03.04.2018 14:43

Samsung rahbari 2017 yili asosan qamoqda bo‘lib ham 820 ming dollar daromad qildi!

Xabaringiz borki, o‘tgan yilning boshida Samsung Electronics kompaniyasi vitse-prezidenti Li Jeyon mamlakatning sobiq rahbariga pora berganlikda ayblanib, 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Ammo korporatsiyaning haqiqiy yetakchisi bo‘lgan ushbu tadbirkor baribir katta miqdorda daromad oldi, deb yozadi The Investor nashri.

O‘QING: Samsung prezidenti qamoq jazosiga hukm qilindi

Kuni kecha kompaniyadan xabar qilishlaricha, 2017 yil hisobidan Li Jeyon (Lee Jae-yong) jami 820 ming dollarga yaqin foyda ko‘rgan. Amalda unga faqat ikkita – rasman o‘z lavozimida turgan yanvar va fevral oylari uchungina haq to‘langan. To‘g‘ri, bu bilan sobiq yetakchining daromadi 2016 yildagina nisbatan pasaygan, ammo bu kamomad biz tasavvur qilganchalik darajada emas. O‘tgan yili u 2016 yildagidan atigi 24,3 foizgagina kam foyda olgan.

Hozirda Li Jeyon ustida sud jarayonlari davom etmoqda; Samsung Electronics direktorlar kengashi esa uni qo‘llab-quvvatlab turibdi. Ularning sudga taqdim etgan iltimosnomasida bayon etilishicha, rahbarning qamalishi kompaniya uchun zarba bo‘ladi. Natijada Samsung dunyo bozorida yetakchilik maqomini qo‘ldan boy beradi, bu esa mamlakat uchun ham salbiy holat bo‘ladi.

O‘QING: Samsung liderining qamalishi nega Koreyaga qimmatga tushadi?