Samsung rahbari hibsga olindi

  •   DiMaX
  •  951
  •  17.02.2017 13:31

Samsung rahbari hibsga olindi

Janubiy Koreyaning eng boy tadbirkorlaridan biri, Samsung Electronics kompaniyasi vitse-prezidenti Li Chje Yon hibsga olindi. Bu mamlakat prezidenti Pak Kin Xening impichmentiga sabab bo‘lgan korrupsiya mojarosi bilan bog‘liqligi aytilayotir. Bu haqda VVSga tayangan holda Hilol sayti xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, yanvar oyida sud Li Chje Yonni hibsga olishni rad etgan edi. Aytilishicha, endi yangi dalillar topilgan.

Li Chje Yon rasman Samsung vitse-prezidenti lavozimini egallagan. Ammo uning otasi va kompaniya prezidenti Li Gon Xi infarktni boshidan o‘tkazgandan beri u bosh rahbar hisoblanib kelmoqda.

Li Chje Yon Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening dugonasi Chxve Sun Silga qarashli jamg‘armalarga noqonuniy tarzda pul mablag‘lari o‘tkazishda ayblangan. Ammo Li Chje Yon xizmat vakolatini suiiste’mol qilganini rad etmoqda.

Avvalroq tergov Chxve Sun Sil yirik biznes vakillarini o‘ziga qarashli ikkita nohukumat jamg‘armaga katta miqdorda xayriya o‘tkazishga majburlagani ma’lum bo‘lgan edi. Ana shu jamg‘armalar faoliyatini tekshirish ortidan Pak Kin Xening impichmentiga sabab bo‘lgan korrupsiya mojarosi avj oldi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!