Samsung rasman Galaxy S9 taqdimotiga taklif qildi

Samsung rasman Galaxy S9 taqdimotiga taklif qildi

Yaqindagina AQSh da o‘tkazilgan CES 2018 ko‘rgazmasida kompaniyaning mobil bo‘linma prezidenti rasman Samsung kompaniyasining Galaxy S9 va S9+ flagman smartfonlari yana bir nufuzli IT-ko‘rgazma hisoblangan MWC 2018 doirasida taqdim etilishini e’lon qilgan edi. Kecha kompaniya taqdimot kunini rasman e’lon qildi va olamshumul namoyishga taklifnoma tarqatishni boshladi.

Kutilganidek, Janubiy koreyalik korporatsiyaning Galaxy S9 hamda S9+ flagman smartfonlari MWC 2018 tadbiri arafasida, ya’ni mazkur yilning 25 fevral kuni taqdim qilinali.

Galaxy Unpacked deb nom olgan tadbir Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tadi va unda butun jahondan ishtirok etayotgan ommaviy axborot vositalari qatnashadilar.

Taklifnomaga ilova qilingan suratga ko‘ra, flagmanlarda qo‘sh sensorli kameraga alohida e’tibor qaratilgan. Ya’ni, kompaniya bu gal yangi kamera texnologiyasi bilan barchani hayratda qoldirish istagida.

Hozircha ma’lum xabarlarga asoslanadigan bo‘lsak, Galaxy S9 hamda S9+ flagmanlari dizayni avvalgi qimmatbaho "ajdodlari"nikidan farq qilmaydi.

Galaxy S9 va Galaxy S9+ smartfonlarining ekrani 5,6 hamda 5,8 dyuymli displeydan iborat bo‘ladi. Korpusning pastki qirrasida dinamikdan tashqari, zamonaviy USB Type-C porti mavjud.

Ulardagi yangilik sifatida orqa paneldagi barmoq izi skanerining bosh kamera yoniga emas, ostiga joylashtirilishini aytish mumkin. Shu bilan birga, yuqori modelda orqa fonni g‘ira-shira qiladigan va 2 karra yaqinlashtirish texnologiyasiga ega qo‘sh sensorli kameralar bo‘ladi.

Albatta, telefonlarning texnik imkoniyatlari tubdan o‘zgarib, Yevropa uchun 8 yadroli Exynos 9810 protsessori, AQSh va Xitoy uchun Snapdragon 845 chiplarida ishlab chiqariladi. Bu protsessorlarning har ikkalasi yuqori imkoniyatli. Ularda 3,5 mm o‘lchamidagi audio tuynuk saqlab qolingan. Shuningdek, korpuslari IP68 standarti asosida chang va suvdan himoya qilingan.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!