Samsung saytida romsiz Galaxy A7 (2018) «qo‘lga tushdi»

  •   DiMaX
  •  3585
  •  18.11.2017 10:35

Samsung saytida romsiz Galaxy A7 (2018) «qo‘lga tushdi»

Janubiy koreyalik ishlab chiqaruvchining ruscha saytida SM-A730F indeksi bilan belgilangan, hali taqdim etilmagan smartfon haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Manbalarning ta’kidlashicha, bu – romsiz ekranli Galaxy A7 (2018) modelidir.

Garchi Samsung saytidagi ushbu smartfon sahifasida hozircha uning xususiyatlari berilmagan bo‘lsa-da, turli insayderlar bergan ma’lumotlar orqali mazkur gadjet haqida tasavvur paydo bo‘lib ulgurgan. U tomonlarining o‘zaro nisbati 18:9 bo‘lgan Super AMOLED Infinity ekran bilan jihozlangan. Ushbu devays Samsung’ning 2017 yilgi flagman smartfonlariga o‘xshab ketadi – ekrani deyarli romsiz.

Samsung Galaxy A7 (2018) modeli mazkur kompaniyaning Exynos 7892 chipi bazasida ishlaydi. U ikkita ARM Cortex-A73 yadrosi hamda oltita ARM Cortex-A53 yadrosini o‘z ichiga oladi. Smartfonning tezkor xotirasi esa 6 gigabayt bo‘lishi kutilmoqda. Aftidan, yangi Galaxy A7 qo‘sh modulli asosiy kameraga hamda USB Type C portiga ega bo‘ladi, shuningdek, u Bluetooth 5.0 talqinini qo‘llab-quvvatlaydi. Bulardan tashqari, gadjet IP68 standarti bo‘yicha changdan va namdan himoyalangan bo‘lishi haqida ham ma’lumotlar bor.

O‘QING: EKSKLYuZIV: taqdim etilmagan Galaxy A5 (2018) va Galaxy A7 (2018) suratlari hamda videosi chiqdi

Ushbu smartfonsoz o‘zining Galaxy A7 (2018) hamda Galaxy A5 (2018) modellarini 2018 yilning yanvarida rasman taqdim etishi kutilmoqda. Biroq, o‘z saytida ham ma’lum qilganiga qaraganda, Samsung ularni sal oldinroq namoyish qilishi ham mumkin.

Darvoqe, Galaxy A7 (2018) modeli bu yilgi Galaxy A7 narxida taqdim etiladi, deyishmoqda manbalar.