Samsung sir tutib kelayotgan ikki ekranli buklama smartfonning suratlari paydo bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1839
  •  18.06.2018 12:33

Samsung sir tutib kelayotgan ikki ekranli buklama smartfonning suratlari paydo bo‘ldi

Samsung ikki ekranli Galaxy X smartfonini yaqin yillarda ishlab chiqarishini rasman ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya shunday formatda smartfon chiqarish loyihasi ustida anchadan buyon ish olib bormoqda, hatto qurilmaning  Project V, deb nomlanuvchi muqobili haqida ham ma’lum qilingan edi.

Project V shunga o‘xshash boshqa qurilmalarni eslatadi, masalan,  u ZTE Axon M’ga o‘xshab ketadi. Smartfon yana bir displey o‘rnatilgan qopqog‘i bilan buklama konstruksiyaga ega. Ochib qo‘yilganda interfeys rejimi ikki ekranga kengayadi va chamasi, shu rejimda bir vaqtning o‘zida  ikkita ilovani ishga tushirish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy S9 va S9+ savdosida muammolar kuzatilmoqda

Qurilmaning interfeysi va dizayniga qarab baholaydigan bo‘lsak, u 2014-2015 yillarda Galaxy S6 va Note 5 bilan bir vaqtda ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak.

Faqat, bir narsa tushinarsiz bo‘lib turibdi, hozircha. Kompaniya ushbu muqobil telefondan nima sababdan voz kechgan ekan? Balki, o‘sha vaqtlarda mobil protsessorlarning kuchi bir vaqtning o‘zida ikkita ekranda bemalol ishlashga kamlik qilgandir. Nima bo‘lganda ham,  Samsung tez kunlarda Galaxy X’ni namoyish qilishi kerak va o‘shanda smartfonlar uchun yangi format taklif etilishi turgan gap. Faqat, uning narxi zamonaviy Galaxy S9’dan ancha qimmat bo‘ladi.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 9 akkumulyatori yanada kuchli bo‘ladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!