Samsung smartfon chexollariga E-Ink displey o‘rnatmoqchi

Samsung smartfon chexollariga E-Ink displey o‘rnatmoqchi

Internet tarmog‘idagi bir qator manbalarda E-Ink displey bilan o‘rnatilgan smartfon chexollarining suratlari paydo bo‘ldi. Samsung kompaniyasiga tegishli patentda Flip Cover chexollariga oid ta’riflar keltirilgan, deb yozmoqda 3D News.

E-Ink displeydagi kontent quyosh nurlari ostida ham yaxshi o‘qiladi, eng yaxshi sifati – batareya quvvatini kaam sarflashidir.  Samsung taklif qilayotgan chexollardagi bunday ekranlar telefonni ochmasdan turli bildirishnoma va xabarlarni o‘qishga yordam beradi. Albatta, buning uchun chexol smartfon bilan ma’lumot almashishi talab etiladi. Hozircha buning qanday amalga oshirilishi noma’lum.

Taxminlarga ko‘ra, bunday chexollar kompaniyaning navbatdagi flagmani – Galaxy S8 bilan bir vaqtda sotuvga chiqarilishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.