Samsung smartfonida fotoni aloqaga qanday o‘rnatish mumkin?

  •   Saroy
  •  937
  •  09.05.2018 16:56

Samsung smartfonida fotoni aloqaga qanday o‘rnatish mumkin?

Barcha Android-telefonlarda telefonning aloqa kitobida saqlangan har qanday  rasmni chiqarish mumkin. Agar abonent ismini shoshilinch o‘qishda  adashsangiz, fotografiya bilan bunday muammo kuzatilmaydi. Ko‘z qiringiz bilan qarasangiz kifoya, kim sizga qo‘ng‘iroq qilayotgani ma’lum bo‘ladi.

Har qanday Galaxy-qurilmasiga aloqaga foto o‘rnatish juda oddiy. Ikkita  usul mavjud. Hozir shu haqda...

1- USUL: Samsung Galaxy smartfonida aloqaga foto joylashtirish

Rasmni har qanday aloqaga o‘rnatish  eng tez va sezgi bilan tushinib oladigan usul hisoblanadi.

  1. Telefonning “Galereya” ilovasini oching
  2. O‘rnatmoqchi bo‘lgan rasmni tanlang
  3. Ekranning o‘ng tomonida burchakda “Menyu” degan joyga tegining va  “Ustanovit kak foto kontakta”ni tanlang
  4. Keyin zarur bo‘lgan aloqa ro‘yxatini toping
  5. Endi rasmning kerakli joyini tanlang va “Gotovo” tugmachasini bosing

2-usul: Aloqa uchun rasmni galereyadan olib o‘rnatamiz


Ushba, muqobil usul aloqani tahrir qilishni nazarda tutadi, bu esa ko‘p vaqt talab etadi.

  1. “Kontakti” ilovasini oching va sizga kerak bo‘lgan abonentni tanlang
  2. “Izmenit” tugmachasini bosib aloqani tahrir qilib chiqing
  3. Rasmga olishingiz mumkin yoki tayyorini olish uchun galereyaga o‘tishingiz mumkin
  4. Agar galereyadan tanlamoqchi bo‘lsangiz, u joydan zarur rasmni toping
  5. Aloqada fotoning ko‘ringan joyini aniqlab, “Gotovo”ni bosing
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.