Samsung butunlay o‘zgacha smartfon ustida ishlamoqda

Samsung butunlay o‘zgacha smartfon ustida ishlamoqda

Bir necha oylardan beri taniqli Samsung insayderlaridan biri kompaniyadagilar aqlli telefonlar uchun butunlay yangicha dizayn ustida ishlayotganligi haqida xabar berib kelayotgan edi. Texnoishqibozlar u Galaxy Note 10 haqida gapirayotganligini taxmin qilishgandi, biroq bizga hozir ma’lumki, Note 10 flagmanining dizayni biroz o‘zgarishlar bilan S10'nikiga o‘xshash bo‘ladi; unda hech qanday o‘zgacha dizayn qo‘llanilmaydi. Insayder Samsung smartfonlarining yangi displeyi, deya taxmin qilinayotgan qayrilma ekranlar prototipi rasmlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga kuni kecha joylagan. Bu haqda BGR nashri xabar bermoqda. Ekranlar qayrilma bo‘lsa-da, S va Note seriyalari displeyidan butunlay farqlanadi.

O‘QING: Nihoyat, Galaxy Note 10 taqdimot kunini Samsung rasman e’lon qildi (+video)

Quyidagi rasmda o‘zingiz ham ko‘rib turganingizdek, yangi displey Galaxy S va Note seriyalari flagmalarinikidan ko‘ra anchayin qayrilgan.

Bunday ko‘rinishdagi displey qurilmaning yon tomon romlarini yanada minimallashtirish va moddiy tugmalardan voz kechish imkonini beradi. Xuddi shunga o‘xshash yangilik Note 10'da bo‘lishi kutilgandi, biroq Samsung'dagilar bu flagmanda ham deyarli an’anaviy stilni saqlab qolishga qaror qilishdi. Pixel 4 smartfonida ham hech qanday moddiy tugmalar bo‘lmasligi haqida mishmishlar tarqalgandi, vaholanki, e’lon qilingan rasmlar Google bu borada tavakkal qilishda birinchi bo‘lishni xohlamaganini ko‘rsatdi.

Bizga noma’lum jihat bunday ekranlarda selfi kamera qanday ko‘rinishda bo‘lishidir: ularga innovatsion ekranosti kamera o‘rnatiladimi yoki S10/Note 10'lardagi kabi ekrandagi “tirqish“ga joylashtiriladimi?

O‘QING: Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar!

Rasmlarni Twitter'ga joylagan Ice Universe nomli insayder bu displeylarni to‘la ekranlarning 2 versiyasi deya nomladi. Yana, Ice Universe'ga ko‘ra, Samsung ushbu dizayn ustidagi ishlarni vaqtinchalik to‘xtatgan bu esa xuddi shu dizayn ustida ishlayotgan raqib kompaniyalar foydasiga xizmat qilishi mumkin.

Insayder, shuningdek, yangi ekran dastlab A seriyadagi smartfonga, yana ham aniqroq qilib aytsak, Galaxy A100 smartfoniga o‘rnatilishini yozgan. Samsung yaqindagina o‘rtacha darajadagi A80'ni taqdim qildi. Tez orada esa yuqori sifatli protsessor bilan jihozlangan hamda Note 10 bilan deyarli bir xil funksionallikka ega A90'ni namoyish qilishi kutilmoqda. Qayrilma ekran keyinchalik S va Note'larga ham o‘rnatilishi ehtimoli yuqori. Sababi, ayni damda, koreys kompaniyasidagilar innovatsiyalarni avval hamyonbop qurilmalarda taqdim etib, shundan so‘ng ularni flagmanlarga joriy qilmoqda.

O‘QING: Yangi texnologiyalar top-10 taligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.