Samsung uchinchi choraklikda rekord darajada daromad ko‘rmoqchi

  •   Saroy
  •  610
  •  06.10.2018 11:32

Samsung uchinchi choraklikda rekord darajada daromad ko‘rmoqchi

Ikkinchi choraklikda yuksalish sur’ati biroz pasaygandan keyin, Samsung kompaniyasi yana avvalgi rekord darajadagi ko‘rsatkichlarga tayyorlanmoqda. Kuni kecha Kompaniya 2018 yilning uchinchi chorakligi bo‘yicha oladigan foydasi miqdorini e’lon qildi.

Iyul oyidan sentyabr oyigacha bo‘lgan vaqt davomida Samsung kompaniyasi ko‘rgan foyda 65 trillion  Koreya vonini (57.5 milliard AQSh dollari) tashkil etadi. Bu esa o‘tgan yildagi ko‘rsatkich bilan solishtirganda qariyb  5 foizga yaxshi deganidir. Tezkor foyda 20 foizga ortib,  17.5 trillion von (15.5 milliard AQSh dollari) dan iborat bo‘ladi. Bu ham o‘tgan yilning shu vaqtidagi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda 12 foizga ko‘pdir.

Kompaniya har bir bo‘lim bo‘yicha ko‘rilgan daromad haqidagi hisobotini shu oyda e’lon qiladi. Samsung ko‘rayotgan daromadning asosiy qismi hamon yarim o‘tkazgichlar savdosiga to‘g‘ri kelmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda sentyabrda yangi ayfonlar sotuvga chiqdi. Ushbu smartfonlar uchun Samsung OLED-displeyini ishlab chiqaradi (Apple ushbu buyurtmaning bir qismini LG kompaniyasiga topshirmoqchi). Shuningdek, Samsung ko‘rayotgan daromadga yana  Galaxy smartfonlarini ham qo‘shish mumkin.

O‘QING:Samsung eng zo‘r Fortnite o‘yinchilariga Galaxy Note 9 hadya etyapti! (+video)