Samsung va MTS Rossiyada Wi-Fi qo‘ng‘iroq xizmatini ishga tushiradi

Samsung va MTS Rossiyada Wi-Fi qo‘ng‘iroq xizmatini ishga tushiradi

Janubiy Koreyaning Samsung va Rossiyaning MTS mobil operatori Rossiya hudududa Wi-Fi qo‘ng‘iroq xizmatini tez orada ishga tushiradi, deya xabar bermoqda 4PDA nashri. Mazkur funksiya yordamida MTS abonentlari istalgan mavjud Wi-Fi tarmog‘idan Wi-Fi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Buning uchun hech qanday ilovani yuklab olish talab etilmaydi.

Xizmatdan foydalanish uchun har ikkala suhbatdosh yoki suhbatdoshlar Wi-Fi tarmog‘iga ulangan bo‘lishi lozim. MTS abonentlari o‘zlarining telefon raqamlaridan istalgan mobil operatorning abonentlariga Wi-Fi orqali qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Bunday standart mobil tarmoq signali kuchsiz, biroq Wi-Fi tarmog‘i mavjud bo‘lgan joylarda boshqa abonentlarga bog‘lanish imkoniyatini beradi (yerto‘la, metro, poyezd va boshqa).

Xizmat birinchi bo‘lib Moskva va Moskva viloyatida ishga tushiriladi. Shuningdek, eksklyuziv tarzda Samsung Galaxy S7 va S7 Edge foydalanuvchilari mazkur xizmatdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Keyingi yilda Wi-Fi qo‘ng‘iroq geografiyasi va qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar ro‘yxati kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!