Samsung va T-Mobile 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazadi

Samsung va T-Mobile 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazadi

AQShning yirik mobil operatorlaridan biri bo‘lgan T-Mobile va Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 5G tarmog‘ini laboratoriya sharoitlarida sinovdan o‘tkazishga kelishib olishdi.

Ushbu sinovlar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, yaqin kelajakda AQShda o‘ta tezkor 5G standarti ishga tushiriladi.

Samsung sinovlar keyingi yilning boshida o‘tkazilishini tasdiqlagan. Sinovlar T-Mobile’ga qarashli 28 GGs chastotadagi tarmoqda 5G prototipida tashqi qurilmalar yordamida bajarilishi aytilgan. 2017 yilning birinchi choragida esa 5G standartini qo‘llab-quvvatlaydigan gadjetlar orqali tarmoqning tezligi tekshiriladi, sinov ostidagi tarmoq qoplami kengaytiriladi.

T-Mobile kompaniyasining texnik direktori Nevill Rey Samsung bilan birga AQShda aql bovar qilmas tezlikdagi mobil internetni ishga tushirish rejalashtirilganligi to‘g‘risida gapirib o‘tgan. Janubiy Koreyalik gigant esa mazkur standartdagi tarmoq 2018 yildan foydalanishga topshirilishini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 5G tarmog‘ida 1 soniyada 4-10 gigabitgacha trafik uzatilishi mumkin. Bu ayni vaqtdagi 3G va 4G ctandartidagi tezlikdan bir necha yuz marotaba ko‘pdir. Masalan, 5G tarmog‘ida HD aniqligidagi kinolarni atigi bir necha soniyada yuklab olsa bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!